Dars muqaddas ulug‘ mutafakkir Аlisher Navoiy barcha


Download 148.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2023
Hajmi148.71 Kb.
#1094652
Bog'liq
маҳоратли пед. бебаҳо қўлланма



DARS MUQADDAS
Ulug‘ mutafakkir Аlisher Navoiy barcha 
yirik asarlarini turkiy tilda bitish bilan 
birga, ona tilining bor ko‘rku tarovatini, boy 
imkoniyatlarini umrining so‘nggi yillarida yoz­
gan “Muhokamatul­lug‘atayn” asarida asos­
lab ham bergan. Mazkur asarida bobo ka­
lo nimiz ona tilimiz imkoniyatlarini yuksak 
ba holabgina qolmay, o‘z tili qolib, o‘zga til da 
ijod qiladigan ayrim shoirlarga qarata: “Sizlar 
ikki tilni bilganingiz yaxshi, ammo inson o‘z 
ona tilida ko‘proq ijod qilgani du rust emasmi?” 
degan maʼnoda: “...Va agar ikkalasi til bila 
aytur qobiliyatlari bo‘lsa, o‘z tillari bila ko‘proq 
aytsalar erdi...”, — deya istagini bayon etadi. 
Аlisher Navoiyning betakror ijodidan 
bahramand bo‘lgan yana bir ulug‘ shaxs 
Zahiriddin Muhammad Bobur ham ona tilimiz 
jonkuyarlaridan, uning rivojiga ulkan hissa 
qo‘shgan allomalardandir. “Boburnoma”ning 
“To‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi yil voqealari” 
bobida o‘g‘li Humoyunga yozgan bir maktubi 
bor. Xat o‘sha paytda farzand ko‘rgan o‘g‘ilga 
tabrik bilan boshlanadi. 
Xususan, bolaga ism qo‘yishda uning 
maʼnosiga ham, kelajakda qanday aytilishiga 
ham albatta eʼtiborli bo‘lish lozim, toki odamlar 
bu ismni qisqartirib yoki maʼnosini buzib aytib 
ketishmasin, deydi u. Shuningdek, ushbu 
maktubda to‘g‘ri, savod bilan yozish, fikrni 
xoh yozma, xoh og‘zaki shaklda bo‘lsin, 
ixcham, sodda, tushunarli ifodalash lozimligi 
to‘g‘risida shunday saboq beriladiki, beixtiyor: 
“Bobur hazratlari nainki ulug‘ podshoh, 
isteʼdodli shoir, balki ajoyib murabbiy ham 
bo‘lgan ekanlar­da!”, deya qoyil qolamiz. 
Umuman, “Boburnoma”da tilshunoslikka 
oid misollar va mulohazalar bisyor. Muallif 
nazdida inson kim bo‘lishidan qatʼi nazar, 
tilga eʼtiborli bo‘lishi, har bir so‘z va jumlani 
mantiqan to‘g‘ri ishlatishi shart. 
“Boburnoma” o‘zbek va umumturkiy ada­
biyotining dunyoga maʼlum va mashhur qo­
musiy asari. Bu memuarda O‘zbekiston, 
Аf g‘oniston va Hindiston xalqlarining mada­
niyati, qadriyatlari, o‘ziga xos xususi yatlaridan 
tortib, tabiati, geografiyasi, hayvonot va na­
botot olami to‘g‘risida bebaho maʼlumotlar 
mavjud. 
“Boburnoma” asari bebaho qo‘llanma. U 
nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari va yoki siz 
sanagan yurtlar, balki Eron, Turkiya, Bang­
ladesh, Pokiston va yana qator davlatlarning 
madaniyati, tarixi, urf­odatlari, qadriyatlarini 
o‘zida aks ettirgani bilan qimmatlidir. Yapo ­
niyalik yirik boburshunos Eyji Mano “Bobur­
noma”ni “maʼlumotlar xazinasi” deya atagan 
bo‘lsa, angliyalik boburshunos Beverij xo­
nim “butun tarixda yaratilgan yoz ma yod­
gor liklarning eng bebahosidir”, deydi. Ger­
maniyalik boburshunos Klaus Shoning esa 
“Boburnoma”ga baho berib, “mukammal 
tizimdagi xalq tilida yozilgan eng katta 
hajmdagi asardir”, deya taʼkidlaydi. Mirzo 
Bobur “Vaqoeʼ”da Navoiy qiyofasini shu 
qadar aniq tasvirlaydiki, ikki ulug‘ zot azaldan 
qalin do‘st bo‘lgan, deb o‘ylaysiz.
«Boburnoma» — Movarounnahr, Xuroson, 
Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri — XVI 
asrning birinchi yarmidagi tarixini o‘zida aks 
eggirgan bo‘lsa ham, shu bilan birga juda ko‘p 
dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida 
nomlari keltirilgan viloyatlarning o‘zaro 
siyosiy­iqtisodiy va savdo munosabatlari
jug‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi, tog‘lari, daryolari, xalqlari, qabila 
va elatlari va ularning yashash sharoitlari, 
urf­odatlari, muhim tarixiy inshootlari — 
hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, 
to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda 
nodir maʼlumotlarni o‘zida qamrab olgan 
shoh asardir. Shu bois «Boburnoma» tarixiy 
va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini 
hayratda qoldirib kelmokda.
Bobur hayoti va adabiy faoliyati Mo­
va roun nahrda siyosiy hayot nihoyat mu­
rak kablashgan feodal guruhlarning bosh­
boshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va 
Te muriylar davlatining inqirozi davom eta­
yot gan bir davrga to‘g‘ri kelgan edi. Bunday 
murakkabliklar inʼikosini «Boburnoma»da 
ko‘rgan bo‘lsak, shoir ruhiyatida qanday 
aks etgani esa, uning sheʼrlarida namoyon 
bo‘ladi. Movarounnahrni birlashtirishga uri­
nish lari natija bermagach, Bobur ruhan 
qiyinalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida 
umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati 
sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik o‘z yurtini 
tark etib, Аfg‘oniston va Hindistonga yuz 
tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuyg‘usi, 
Vatan sog‘inchi, unga qaytish umidi mavj ura 
boshladi.
Gulnoza AXMEDOVA,
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi
2-sonli Toshkent akademik litseyi
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
BEBAHO QO‘LLANMA
2022-yil fevral 2-son
Mahoratli
PEDAGOG
6

Download 148.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling