Dars-muqaddas


Download 35.46 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi35.46 Kb.
#231691
1   2   3   4   5
Bog'liq
namunali dars 6 sinf

Texnik vositalar: multimediya, monitor,

Sinf chizmasi. Guruhlarning joylashush holati

O’quvchilarning e’tiborini darsga jalb qilish BKMlarni takrorlash maqsadida blits so’rov o’tkaziladi.


Yangi mavzu bayoni.

Afina shahrida markaziy maydon bo`lib, uning tevaragini turlituman imoratlar qurshab turar edi. Maydon esa agora deb yuritilgan. Shahar aholisining ko`pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etar edi. Afina shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi

xususida o`z fikr-mulohazalarini bayon eta olar edi. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama qilish uchun har oyda to`rt marta Akropolga yig`ilardilar. Barcha

qarorlar ovoz berish yo`li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokratiya deb ataladi, ya'ni bu atama "xalq hokimiyati" degan ma'noni anglatadi ("demos" — xalq +

"kratos" — hokimiyat). Eslab qoling! Afinaning aholisi zodagonlar va demos nomli ikki

qismga bo`lingan. Solon Drakont qonunlari Yunonistonning boshqa shaharlaridagi singari Afinada ham aholining bir qismi zodagonlar (aristokratiya) mol-mulk va boylikning

deyarli hammasiga egalik qilar, boshqa bir qismi ("xalq" demos) ularning foydasiga ishlashga majbur edi. Aynan shu narsa mamlakat aholisi o`rtasidagi doimiy kelishmovchilik va

nizolar manbayi bo`lgan. Adolat qaror topishini xohlagan har ikkala tomon Drakont degan hukmdorga murojaat etishadi. Ular Drakontdan huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilishadi. Mil. avv. 621-yilda Drakont xalq

boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozadi va amalga kiritadi. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga "siyoh qolib, qon bilan yozilgan" deya ta'rif berishgan. Qonunni arzimas darajada buzganlik uchun ham Drakont bitta jazo — o`lim jazosi belgilagan. Masalan, Drakont qonunlariga ko`ra, o`zga kishining bog`idan olma o`g`irlagan odam qatl etilardi, qarzdorlar esa qullikka mahkum qilinar edi. Zodagonlar Solonga ishonishdi va uni Afina hukmdori etib saylashdi. Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o`zgartirdi. Avvalgi boshqaruv tizimi — aristokratiya (aslzoda odamlar hokimiyati)ni Solon demokratiya (xalq hokimiyati)ga almashtirdi. Davlatni boshqarishda faqat fuqarolar ishtirok

eta olardi. Ayollar va ajnabiylar (ularni meteklar deyishgan) qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar.





Download 35.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling