Dars-muqaddas


III. Yangi mavzuni tushuntirish. ( 7 daqiqa )


Download 54.41 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi54.41 Kb.
#248824
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dars-muqaddas-fayllar.org

III. Yangi mavzuni tushuntirish. ( 7 daqiqa )

1.Buxoro Amir Haydar Hukmronligi davrida

2.Amir Nasrullo hukmronligi

3.Amirlikning quroolli kuchlari

4.Ichki siyosat

Amir Masum Shohmurod vafot etgach, taxtga og`li Amir Haydar o`tirdi ( 1800-1826). Mahalliy hukmdorlar-beklar hamda zodagonlar markaziy hokimiyatga qarshi yana kurash boshladilar. Ayniqsa, markaziy hokimiyatning o`lpon yig`uvchilari o`zboshimchaligidan norozi bo`lgan Marv Turkmanlarining 1800-yildagi qo`zg`olonini Amir Haydar qattiqqo`llik bilan bostirdi.

1826-yilda amirlik taxtiga Nasrullo ( 1826-1860 ) o`tirdi. Amir Haydarning uchinchi o`g`li edi. Nasrullo qisqa vaqt ichida taxtga da`vo qilishi mumkin bo`lgan barcha avlodlarining bahridan o`tadi. Ularning uy-joylarini talash, oila a`zolarini esa tahqirlashni lashkarlar ixtiyoriga topshiradi.

Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtirish yo`lida qat`iyat bilan kurash olib bordi. U Buxoroda birinchi bor 40 mingga yaqin sarbozdan iborat muntazam qo`shin tuzdi. U zamonaviy to`pchilar qismini tuzish niyatida chetdan to`p quyuvchi ustalarni, to`p quyish ilmiga o`rgatuvchi mutaxxasislarni jalb etdi.

XVIII asrda amirlik qo`shini asosan otliq navkarlarva qoracherikdan tuzilgandi. Qo`shinlar to`p, qilich, pilta miltiq, nayza va o`q yoy bilan qurollangan edi. 1837-yilda Amir Nasrullo muntazam piyoda askarlar qo`shini tuzib, ular uchun maxsus kiyim ( qizil kamzul, oq shalvar va qalpoq ) joriy etildi.

Mang`it hukmdorlari ichki siyosatning asosiy maqsadi markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan iborat bo`lgan. Ayni paytda, mang`it hukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga imkon beruvchi tayanch kuchlarni vujudga keltirish siyosatini tutdilar.




Download 54.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling