Dars-muqaddas
Download 6.01 Mb.
|
Dars ishlanma Jaloliddin.docx
Yangi mavzu bayoni : O’qituvchi yangi mavzu yuzasidan asosiy ma’lumotlarni slayd orqali ma’lumot berib o’tadi .
Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qolgan jangchilarini to‘plab, Shimoliy Hindiston hududidagi bir qancha davlatlar hukmdorlari bilan aloqa o‘rnatishga harakat qiladi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonda davlat barpo qiladi. O’z nomidan kumush va mis tangalar zarb qildiradi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq ))xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o‘tganlar. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda uch yil hukmronlik qiladi . Eron va Kavkazdagi g’alabalar : shunday qilib Kirmon , Isfahon , Xorazmshoxga tobeligini izhor etib umumiy dushman – mo’g’illarga qarshi kurash istagini bildiradi . Jaloliddin bu yerlarda birlashgan davlat tuzishga kirishadi. Jaloliddin bu yurishga umumrahbar bo’lishini o’ylab Bag’dod xalifasi Nosirga maktub yo’llaydi .U xalifani umumiy dushman mug’illarga qarshi kurashga undaydi.Bog’dod xalifasi toboro kuchayib borayotgan sulton Jaloliddin Manguberdi qudratini zaiflashtirish , uning ittifoqchilari o’rtasida rahna solish siyosatini tutdi .Xalifa Nosir bu yo’lda kurashdan ham qaytmadi . uning Jaloliddinga qarshi yuborgan 20 mimg qo’shini Basra yaqinidagi jangda tor – mor keltirdi. 1225- yilda Jaloliddin Manguberdi Marog’a shahrini jangsiz qo’lga kiritadi . Tabriz va G’azna ham Xorazmshohlarga taslim bo’ladi. . Ichki ziddiyatlar haqida to’xtab o’tiladi : Jaloliddinning ukasi G’iyosiddin Pirshox birinchi bo’lib xiyonat yo’liga o’tdi . U o’z lashkarlari bilan akasi qarorgohini tark etdi . G’iyosiddin akasiga hasadi qo’zg’ab ,o’zi mustaqil davlat barpo etish va Jaloliddin kabi shuxrat qazonishi istadi . Atiga 33 yil umr ko’rgan Jaloliddin xatto o’z dushmani Chingizxonni ham o’z jasorati bilan lol qoldiradi , “ Ota o’g’il shundaq bo’ladi deya tassanno aytadi. Jaloliddin Manguberdi 11 yil davomida mo’g’illarni nafaqat o’rta sharqqa balki sharqiy yevropaga ham qo’ymadi. Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazmshohlar davlati (1097-1231) ning ko’p yillik tarixi o’sha davr musulmon tarixchilari tamonidan yozilgan qator asarlarda o’z aksini topgan.Mashxur shoir va adib Maqsud Shayxzoda 1944-yilda Jaloliddin Manguberdi tarixiy dramasini yozgan .O’zbekiston hukumati 1998 – yilda J.Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonah haqida qaror qobul qiladi. Download 6.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling