dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash


Download 1.44 Mb.
bet133/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. So'zlayapti, yotmoqda, kelayotir, borayotibman.


2-topshiriq. -yap, -moqda, -(a)yotir, -(a) yotib qo'shimchalari fe'lning asos qismidan anglashilgan harakatining qaysi zamonga mansubligini ifodalashini aniqlang.


BILIB OLING. Hozirgi zamon shakllari fe'l asoslariga -yap, -moqda, -(a)yotir, -(a)yotib qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. Hozirgi zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi. Shaxs-son qo'shimchalari zamon qo'shimchalaridan so'ng qo'shiladi.


215-mashq. Berilgan gaplarda hozirgi zamon ma'nosini ifodalagan fe'llarni topib, tarkibiy qismlarga ajrating.
1. Sen ko'rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so'nib boryapti. (O. Yoqubov). 2. O'qishlar boshlanib, o'quvchilar ham maktabga kelyapti. («Gulxan») 3. Yo'llarning chekkasidagi gullar barchaga salom berayotir. («G'uncha») 4. Ko'chadagi shamchiroqlar xira-xira shu'la sochmoqda. (Tog'ay Murod) 5. Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. (Tog'ay Murod)


216-mashq. Gaplardagi hozirgi zamon fe'lini toping.
1. Juda chiroyli muomala qilyapsiz. (P. Qodirov) 2. Hozir yomg'ir yog'ayotir, shuning uchun yo'lga chiqish mumkin emas. (Asqad Muxtor) 3. Hozir ko'nglimga qil sig'mayapti, keyinroq gapirarsiz. (Said Ahmad) 4. Maktabda kulgi kechasi o'tkazilyapti. («Gulxan») 5. Ko'chaga chiqayotib, orqasiga bir qarab qo'ydi. (Omon Muxtor)
1. Hozirgi zamon fe'llari deb qanday fe'llarga aytiladi?
2. Hozirgi zamon fe'llari qanday qo'shimchalar yordamida yasaladi?
3. Turmoq, yugurmoq fe'llarining hozirgi zamon shakllarini hosil qiling.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling