dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 1.44 Mb.
bet14/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1. Shakldosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2. Ma'nodosh so'zlar deganda nimani tushunasiz?
3. Zid ma'noli so'zlarga misollar keltiring.
4. Paronim so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?


28-mashq. Gaplarni o'qing, shakldosh so'zlarni aniqlab, izohlang.
1. Mashinaga hojat yo'q. Ana, ko'chada tramvay, trolleybuslar bor. Bor, toshingni ter! 2. Tushga qolmay yukimiz ot aravaga ortildi. Ahad Mirzo bo'sh kelmay uning yo'lini to'sdi: — Tush pastga! (Sh. Xolmirzayev) 3. Osh totig'i — tuz. (Maqol)
Shakldosh so'zlar ishtirokida gap tuzing.


29-mashq. Nuqtalar o'rniga ma'nodosh so'zlardan mosini qo'ying.
Spitamenning... (halok bo'lganini, vafot etganini, o'limini) ko'rgan Iskandar hayajonga tushib:
— Bunday... (botir, jasur, qahramon) har yuz yilda bir marta... (tug'iladi, dunyoga keladi, tavallud topadi), uni alohida izzat-hurmat bilan... (dafn etinglar, ko'minglar), — dedi. (Mirkarim Osim)


30-mashq. Eshitmoq, g'alaba, xato, yaxshi, sovg'a so'zlarining ma'nodoshlarini topib, gap ichida keltiring. Ularda qanday ma'no nozikliklari. borligiga diqqat qiling.


31-mashq. Maqollarni o'qib, yod oling. Zid ma'noli so'zlarni izohlang.
1. Kattaga hurmat, kichikka — izzat. 2. Yaxshilik nur keltirur, yomonlik zulmat. 3. Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil! 4. Ko'p bilgan oz so'zlar, oz so'zlasa ham soz so'zlar. 5. Mard o'zar, nomard to'zar.


32-mashq. Uyga vazifa. Tub — tup, tuz — tus, burch — burj, yoqilg'i — yonilg'i so'zlari o'rtasidagi farqlarni toping, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna: 1. Vatan oldidagi farzandlik burchini o'tamoq— har bir yosh uchun sharaf. 2. Quyosh hamal yulduzlar burjiga o'tishi bilan kunlar isiy boshlaydi.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling