dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


ESDA TUTING. Bir turdagi shaxs, narsa, o'rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar


Download 1.44 Mb.
bet184/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

ESDA TUTING. Bir turdagi shaxs, narsa, o'rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar sanaladi.


288-mashq. Matnni ko'chiring. Turdosh otlarni aniqlab, ularga tavsif bering.
Nurali baxshi bu tomonlarda juda mashhur edi. Tog'liklarning biron to'yi, ma'rakasi, gap-gashtagi usiz o'tmaydi. Nurali baxshi biron sabab bilan qatnasha olmagan to'ydan odamlari «Bu to'y to'y bo'lmadi», deb qaytishar edi. Nurali baxshi etagi tizzadan yuqori olacha to'n kiygan, boshida ko'k salla, og'zi to'la tilla tish. Chap qo'lida ushlab kelayotgan do'mbirasining qoshiga har xil tumorlar, munchoqlar, ipak popuklar taqilgan. (Said Ahmad)


289-mashq. Gaplarni o'qing. Turdosh otlarni topib, ularni ma'no guruhlariga ajrating.
1. Shamol qorni yuz-ko'zlarga keltirib uradi. Sovuq suyak-suyaklargacha o'tib ketayotgandek bo'ladi. (P. Qodirov). 2. Chumchuqlar, chittaklar, to'rg'aylar, sa'valar o'z to'plari bilan vijir-vijir, chug'ur-chug'ur sayrab-kuladilar. (Abdulla Qodiriy) 3. Tong endi-endi oqara boshladi, shekilli, bitta-yarimta odam ko'rindi. (Oybek) 4. Bu qo'shiqda na nolish bor, na azob, unda yashash ishtiyoqi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. (O'. Umarbekov) 5. Sekin-sekin yurib, ichkari hovliga kiradigan eshikni ochdi. (Yo'ldosh Sulaymon)
290-mashq. Uch guruhga bo'lining. Birinchi guruh shaxs, ikkinchi guruh narsa, uchinchi guruh o'rin-joy nomlariga o'ntadan misol yozsin. Qaysi guruh topshiriqni birinchi bo'lib bajarsa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.
1. Shaxs otlari deb nimaga aytiladi?
2. Narsa otlariga misollar keltiring.
3. O'rin-joy otlariga misol ayting.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: _________________________

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling