Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Qanday suv havzalari (okean, dengiz, ko'l, daryo, soy, ariq, buloq) va suv inshootlari (kanal, suv omborlari, quduq) nomlarini bilasiz. Ularni daftaringizga yozing va imlosini tushuntiring.
BILIB OLING. Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi.
282-mashq. Matnni o'qing. Undagi suv bilan bog'liq nomlarni topib, izohlang.
Sirdaryo yoqasidagi tog'oldi tekisliklarida bunyod bo'lgan Toshkent shahri juda qulay tabiiy muhitga egadir. Shaharning obodonchilik sharoiti ham yaxshi. Toshkent vohasini Chirchiq daryosi suv bilan ta'minlab turadi. Shahardan oqib o'tuvchi ariq va kanallarning hammasi Chirchiq daryosidan boshlanadi. Qorasuv, Salor, Kaykovus, Qoraqamish, Shayxontohur, Rohat, Oqqo'rg'on, Anhor shaharning qon tomirlaridir. (M. Ro'ziyeva)
284-mashq. Quyida berilgan so'zlarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Orol, Sangzor, Oqdaryo, Balxash, Issiqko'l, Chortoqsoy, Zarafshon, So'x, G'ovasoy, Katta Farg'ona kanali, Chordara, Chorvoq, Amu-Buxoro kanali, Qora dengiz, Tuyabo'g'iz, Shahrixonsoy.
Dengiz va ko'l nomlari
|
Daryo nomlari
|
Soy nomlari
|
Kanal nomlari
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |