dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 1.44 Mb.
bet23/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Berilgan so'zlarni ma'noli qismlarga ajrating. Ularning qaysilarini mustaqil qo'llash mumkin, qaysilarini esa mustaqil qo'llash mumkin emasligini aniqlang.
Mevazor, mevali, mevaning, mevalarni.
BILIB OLING. So'zning asosiy ma'nosini ifodalab, mustaqil qo'llana oladigan qismi asos deyiladi.
Mustaqil qo'llana olmaydigan, asosga qo'shilib, unga yangi yoki qo'shimcha ma'no yuklaydigan, shuningdek, so'zlarni bog'lashga xizmat qiladigan qismga qo'shimcha deyiladi.
46-mashq. Matnni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni ma'noli qismlarga ajrating. Ularning qaysi biri asos, qaysinisi qo'shimcha ekanini ayting.
Mehnat, halollik haqida ibratli rivoyat bor: Bir bola ulg'aygach, otasi unga ishlab pul topib keltirishni buyuradi. Lekin ko'ngilchan ona: «O'g'lim qo'lini qavartirib qiynalib yurmasin», deya, eridan o'g'rincha unga pul beradi. Sezgir ota o'g'li keltirgan pulni o'tga tashlaydi. Bola beparvo, loqayd turaveradi. Bu hol yana takrorlanadi. O'g'lining uchinchi marta olib kelgan pulini otmoqchi bo'lganida, bola uning qo'liga yopishib, yondirmasligini so'raydi. Ota shundagina bu safar o'g'lining haqiqiy peshona teri bilan pul topganiga ishonadi.
Mehnat bilan topilgan pul qadri mashaqqat bilan qo'lga kiritilgan barcha narsalar singari azizdir. («Saodat»)
47-mashq. So'zlarni ikki guruhga ajrating. Birinchi guruhga yangi ma'no beruvchi, ikkinchi guruhga qo'shimcha ma'no yuklovchi qo'shimchali so'zlarni yozing.
Giyohlarni, adolatli, bog'bon, ajratildi, mevazor, birinchi, kuzda, dorishunos, sayohatchilar, topilgan, sezgir, ikkita, mehnatkash, bag'riga, mehnatdan.
48-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi mos qo'shimchani qo'yib, gaplarni ko'chiring.
Mard...(-chi, -lik, -kor) — bu ezgu tuyg'u, muqaddas fazilat, tabarruk meros. Mard bo'lgan kishi...(-lar, -cha, -da) haqiqat, qanoat, sabr, ezgulik, vijdon, adolat, diyonat, insof, (be-, -ba-, no-)...mardlarda yolg'izlik, yomonlik, ojizlik, makkorlik, hasad, adovat, tubanlik, noinsoflik kabi sifatlar...(-da, -chi, -ni) uchratish mumkin. («Axloq, odob saboqlari» kitobidan)
1. So'zning qanday qismi asos deyiladi?
2. Qo'shimcha nima?
3. Asos va qo'shimchaning farqi nimada?
49-mashq. Uyga vazifa. «Keksalarni ardoqlang!» mavzusida matn tuzing. Unda ishlatilgan so'zlarni asos va qo'shimchalarga ajrating.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling