dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 1.44 Mb.
bet25/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Berilgan so'zlarning asos va qo'shimchalarini aniqlang. Qo'shimchalarning asos ma'nosidan yangi ma'no hosil qilayotgan yoki qilmayotganini ayting.
Oqla, gulchi, xizmatchi, gulni, gullar.


BILIB OLING. Qo'shimchalar vazifasiga ko'ra ikki turli bo'ladi: a) so'z yasovchi qo'shimchalar, masalan, oq asosiga -la qo'shimchasining qo'shilishidan «oq rangga kiritish» ma'noli yangi so'z yasalgan; b) shakl yasovchi qo'shimchalar, masalan, -lar qo'shimchasi gul asosiga qo'shilib, uning ma'nosidan boshqa yangi ma'no yasamaydi, gulning birdan ortiq ekanligini bildiradi.
50-mashq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlardagi qo'shimchalarning turini aniqlang.
Biroz yurishgandan so'ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so'rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi:
— Bu yerda xalqimizning jigargo'shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o'tish insonlik sha'niga isnoddir, nahotki, shuni ham bilmasalaring? («El desa Navoiyni» kitobidan)
1-mashq. Qavs ichidagi so'zlarga kerakli qo'shimchalar qo'shib ko'chiring. Shakl yasovchi qo'shimchalarning tagiga chizing.
Xalq (tabobat) qulupnay (meva) terlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi.
Shuningdek, buyrak (kasallik), o't (yo'l) yallig'lanishi bilan bog'liq (kasallik) iste'mol qilish lozim ko'riladi.
Olimlarning (fikr) qaraganda, qulupnay buyrakdagi (tosh) yemirish (qobiliyat) ega bo'lishi bilan birga, (unda) tosh hosil (bo'lish) yo'l qo'ymaydigan tabiiy omillardan hisoblanadi. (M. Nabiyev)
l. Qanday qo'shimchalar so'z yasovchi qo'shimchalar deyiladi? 2. Shakl yasovchi qo'shimchalarning so'z yasovchi qo'shimchalardan farqi nimada? 3. Suv, aql so'zlariga avval so'z yasovchi qo'shimchalar, keyin shakl yasovchi qo'shimchalar qo'shing. Ularning farqini tushuntiring.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling