dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 1.44 Mb.
bet54/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. O'qidi, o'qitdi, o'qishdi, o'qildi fe'llarini bir-biriga qiyoslang. Ulardagi bir xil va farqli qismlarni toping.


2-topshiriq. Ishla fe'liga -sh qo'shimchalarini qo'shing. Ma'noda qanday o'zgarish bo'lganini ayting.


BILIB OLING. Bajaruvchisi aniq bo'lgan harakat yoki holatni bildirgan fe'l shakli aniq nisbat deyiladi.
99-mashq. Matnni o'qing. Aniq nisbatdagi fe'l ishtirok etgan gaplarni ko'chiring.
Rahimberdi va Qudratilla amakilarim yashaydigan hovlining ko'chadan kiraverishida, ariq bo'yida kattagina bo'sh bir o'tinxona bo'lar edi. Shu xonani dadam ko'chamiz bolalari ixtiyoriga berdilar. Bolalar ishga kirishib ketdilar. Dadam bosmaxonadanmi, magazindanmi, juda ko'p har xil afishalar, «Mushtum» keltirib berdilar... So'ng dadam o'z kutubxonalaridan va yana allaqayerlardan ancha kitob keltirib berdilar. Shu bilan, qarabsizki, shinamgina kutubxona paydo bo'ldi. Bolalar kitob, jurnal, gazetalar o'qigani tez-tez keladigan bo'ldilar. (H. Qodiriy)


100-mashq. Berilgan fe'llarni aniq nisbatga qo'yib, ular ishtirokida gaplar tuzing.
O'ylamoq, pishmoq, gullamoq, kulmoq, chanqamoq, o'qimoq, otmoq, turmoq, varaqlamoq, uzmoq.


101-mashq. Gaplarni yozing. Fe'llarni topib, nisbatini aniqlang.
1. Shamol toy ekan, Kuchga boy ekan, Yengil ko'charkan, Ko'kka ucharkan. (Po'lat Mo'miri) 2. Ko'zim tikdim parqu bulutlar, Ko'char edi zilol va toza. Lochin kabi samolyot uchar, Uchar edi solib ovoza. (Hamid Olimjon) 3. Kampir tong qorong'usida xamir qilgani turib ho'kizidan xabar oldi. (Abdulla Qahhor) 4. Ra'no javob berish o'rniga birdan yig'ladi, ancha vaqt ko'z yosh to'kib turdi. (Abdulla Qodiriy) 5. Qobil yugurib borib do'konxona eshigidan ko'chaga qaradi. (Abdulla Qodiriy)

1. Qanday fe'llar aniq nisbatdagi fe'l deyiladi?


2. Xohlagan to'rtta fe'lni aniq nisbat shakliga keltirib, ular ishtirokida gaplar tuzing.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling