dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu


Download 1.44 Mb.
bet50/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan so'zlarni tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lab ko'ring. Ulardan qay biri bunday so'zlar bilan bog'lana olmasligini aniqlang.
O'qidi, yozdi, ishladi, ko'rdi, qaradi, uxladi.
2-topshiriq. Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lana oladigan fe'llarni shu kelishikdagi so'z bilan birgalikda ko'chiring.
BILIB OLING. Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lanadigan fe'llar o'timli fe'llar, bunday xususiyatga ega bo'lmagan fe'llar o'timsiz fe'llar sanaladi.
91-mashq. Matnni o'qing, o'timli va o'timsiz fe'llarni aniqlang va ajrating.
Sinfdoshlarim biram yaxshi, biram sodda, biram dilkash. Qizlar ham, bolalar ham — hammasi meni yaxshi ko'rishadi. Faqat bitta bola bor. Suyun. Laqabi «Burgut». Hamma uni «Suyun burgut» deydi. O'ziyam juda g'alati. Bitta ko'k qashqa oti bor... Maktabgayam o'sha duldulini o'ynatib, xurjuniga do'mbirasini solib keladi. Tanaffus bo'ldi deguncha do'mbirasini chalib, hammani og'ziga qaratadi, goh kuldiradi, goh (lof emas, momojon) yig'latadi. (O. Yoqubov)
92-mashq. Quyidagi fe'llarni o'timli va o'timsizga ajratib. jadvalga joylashtiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Almashmoq, jiringlamoq, o'xshamoq, jilmaymoq, yuzlanmoq, kiyinmoq, kiymoq, so'roqlamoq, so'ramoq, so'rattirmoq, quvonmoq, quvontirmoq, joylashmoq, joylashtirmoq.



O'timli fe'llar

O'timsiz fe'llar







93-mashq. Topishmoqning javobini toping. Shu so'z ishtirokida kichik matn tuzing. Undagi fe'llarni izohlang.
Qo'l bilan ekiladi, ko'z bilan teriladi, og'iz bilan o'qiladi.
1. O'timli fe'llar deb nimaga aytiladi?
2. O'timsiz fe'llar qanday so'zlarga bog'lanib keladi?
3. O'timli fe'llarni o'timsiz fe'llarga aylantiruvchi vositalar qaysilar?
4. O'timsiz fe'llar qanday qo'shimchalar orqali o'timliga aylantiriladi?

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling