dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


ESDA SAQLANG. Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko'plik qo'shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo'laklari vazifasida keladi. Masalan


Download 1.44 Mb.
bet75/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

ESDA SAQLANG. Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko'plik qo'shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo'laklari vazifasida keladi. Masalan: Chiroyli yozishni o'rgan! Yozuving yomon emas.


132-mashq. Nuqtalar o'rniga berilgan harakat nomlaridan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. Vatanni uning maorifi uchun ... unga yordam ...dir. 2. Birovlarning gapini zimdan ... odobdan emas. (S. Anorboyev)
3. Erta bahorda daraxt yerlarni... bizning eng yaxshi odatimizdir. 4. Bu Vatanni jon bilan ...ga, Cho'lpon, hozir o'l. Kimki qasd qilsa anga, kiysin pushaymondin kafan! (Cho'lpon)
Qo'yish uchun so'zlar: Saqlash, sevmoq, etmoq, qayg'urmoq, tinglash, ekish, yumshatish.
133-mashq. Uch guruhga bo'lining. Birinchi guruh -(i)sh, ikkinchi guruh -(u)v, uchinchi guruh -moq qo'shimchalari yordamida harakat nomlari yasasin va ular ishtirokida gaplar tuzib, ko'chirsin. Besh daqiqa ichida eng ko'p gap tuzgan guruh g'olib sanaladi.
134-mashq. Harakat nomlariga qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring, harakat nomlarini izohlang.
1. Jo'yakda cho'zilib, soya-salqinda dam olish... (-ni, -ning, -ga)nima yetsin? (S. Barnoyev) 2. Aql odamga o'ylash... (haqida, uchun, to'g'risida) berilgan. (O'. Hoshimov) 3. Nasiba ertalab barvaqt kelish sharti bilan dugonasiga ketish... (-dan, -ga, -ni) ijozat berdi. (O. Yoqubov) 4. Uning bu boqishi.... (-ida, -ining, -iga) Sobirning bilag'onligiga qoyil bo'lish... (-ga, -dan, -qa) tashqari ajablanish ham bor edi. (Hakim Nazir)
1. Harakat nomi qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
2. Harakat nomlariga egalik va kelishik qo'shimchalari qay tarzda qo'shiladi?


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ___________________

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling