Dars o’tishning yangi uslublari Dars o’tish shakllari
Download 29.37 Kb.
|
Dars o’tishning yangi metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- FSMU” texnologiyasinig qo’llanilishi
- Labirint” texnologiyasining qo’llanilishi.
1-guruhga: Go’shtdan taom tayyorlashda masalliqlarga ishlov berish.
Masalliqlarga ishlov berish saralash, yuvish , archish, to’grash va boshqa jarayonlarni o’z ichiga oladi. Chunki, taomlarni sifatli chiqishi inson didiga mos bo’lib, totliligi va xushbo’ligi’, pokizaligi, shifobaxshliligi kabi sifatlari masalliqlarni pishirishdan oldin yaxshilab ishlov berilishiga bogliqdir. Go’shtni saralaganda parda, pay, bez va qon yuqqan joylari kesib tashlanadi, kirlangan joylari esa pichoqda olib tashlanadi. Odatda yangi go’sht yuvilmaydi, muzlatilgan, kirlangan, muzlatilgan changlargan bo’lsa, issiq keyin esa sovuq suvlarda yuviladi. Go’sht taomning turiga qarab ( parrak, somoncha, kubik shaklda) bir tekis qilib to’graladi yoki qiymalagichdan chiqariladi. 2-guruhga: Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish. Ovqat tayyorlashda avvalo ozodalikka rioya qilish kerak. Go’shtni boshqa mahsuiotlarga qo’shib qo’yilmaydi. Go’sht to’gralgan pichoqni qaynoq suv bilan yuvib olinadi. Go’sht, baliq ko’katlar alohida-alohida taxtachalarda to’graladi. Qo’l tez-tez yuvilib turiladi, quruq sochiq bilan artiladi. Maxsus oshxona uchun mo’ljallangan fartuk va ro’mol o’raladi. Chiqindilar solingan chelakning ogzi berk turishi kerak. 3-guruhga: Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. pol toza va quruq bo’lishi. xonani shamollatib turish. ish o’rniga yoruglik yaxshi tushib turishi. ish vaqtida asboblardan (pichoq, go’sht qiymalagich) to’gri va unumli foydalanish. taom tayyorlab bo’lgach, gaz plitasini o’chirish va xavfsizligini tekshirish. go’shtning pay qismlariga bolgacha bilan ishlov berilayotganda, chap qo’lingizni uning tagiga qo’yishdan ehtiyot bo’ling. berilgan matnlar o’quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o’rganiladi. har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi. yangi guruh a’zolarining har bir guruh ichida mustaqil o’rgangan matnlari bo’yicha axborot almashadilar. guruh ichida ichki nazorat o’tkaziladi,ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob o’tkazadilar. yangi guruh a’zolari dastlabki holatlari bo’yicha guruhlariga qaytadilar. bilimlarini sarhisob qilishlari uchun “guruh hisobchisi” tayinlanadi. matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini aniqlash uchun o’qituvchi o’quvchilarga savol beradi. savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to’plagan umumiy ballari aniqlanadi. har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matndan kelib chiqqan holda amaliy mashgulotga tayyorgarlik ishlari boshlanadi. har bir guruh olib kelgan mahsulotlaridan foydalanib, mustaqil go’shtli taom tayyorlaydilar. “FSMU” texnologiyasinig qo’llanilishi: F-fikringizni bayon eting S-fikringiz bayonini sababini ko’rsating M-ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring U-fikringizni umumlashtiring Mashgulotni o’tkazish tartibi O’qituvchi har bir o’quvchiga FSMU texnologyasining to’rt bosqichi yozilgan qogoz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda uiarni to’ldirishni iltimos qiladi. Vazifa: “Sabzavot va mevalarni konservalash uchun qanday asbob va moslamalar ishlatiladi”, “Eiektr go’sht maydalagichning tuzilishi, vazifalari, ishlash printsipi” mavzulari bo’yicha fikringizni bayon eting. “Sabzavot va mevalarni konservalash uchun qanday asbob va moslamalar ishlatiladi”. “Labirint” texnologiyasining qo’llanilishi. Mashgulot o’tkazish tartibi O’qituvchi mashgulot boshlanishi oldidan o’quvchilar uchun doira shaklida joy tayyorlaydi. Imkohn bo’lsa, tabiat qo’ynida o’tkazilsa, undan ham chiroyli bo’ladi. O’quvchilarni davradan joy egaiiashlari so’raladi. So’ngra qovun sayli, uzum sayli, anop,anjir sayllari, taviat va mehnat bayramlari haqida qisqacha ma’lumot beriladi Download 29.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling