tarqalishiga katta ta’sir koʻrsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biridir.
O‘simliklar ekologiyasi 2 ta bo‘limga bo‘linadi. 1. Autekologiya. 2. Sinekologiya. Autekologiya
bitta o‘simlikka bo‘ladigan ekologik omillarning ta’sirini o‘rganadi. Sinekologiya esa barcha
o‘simliklarga ekologik omillarning ta’sirini o‘rganadi.
Ekologik omillar o‘simlikka bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Bevosita ta’sir qiluvchi omillarga
namlik, yorug‘lik, issiqlik, inson va hayvonlar ta’siri misol bo‘la oladi.
Bilvosita ta’sir etuvchi omillarga relef, tog‘ jinslari, iqlimni o‘zgarishi va tuproq sharoitining
o‘zgarishi misol bo‘la oladi. Ba’zan ayrim ekologik omillar bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Masalan: shamol o‘simliklarning novdasini sindirib, bargini mevasini to‘kib, bevosita ta’sir
ko‘rsatsa, tuproqdagi namlikni kamaytirib, qatqaloq hosil qilib bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
1. Mo‘tadil iqlimda o‘suvchi o‘simliklar Q30
. Bularga tundra, o‘rmon tundra va o‘rmon zonasi
o‘simliklari kiradi. 2. Issiq sharoitda o‘suvchi o‘simliklar Q50 Q60
. Cho‘l va chala cho‘l o‘simliklari.
3. Issiqqa chidamli o‘simliklar Q80 Q85
S (suv o‘tlari va bakteriyalar)
Havo omili. Havo o‘simlikka muhim ekoloigk omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Yer sharida hav-
oning tarkibi doimo bir xil meyyorda turadi. Uning tarikbida 78% azot, 21% kislorod, 1% azon va
0,03% karbonat angidirid gazi bo‘ladi.
Кislorod o‘simliklarning nafas olish jarayoni uchun zarurdir. Кarbonat angidrid ega fotosintez ja-
rayoni uchun kerak.
Shamol o‘simlikka maxanik ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ko‘pchilik o‘simliklar bayroqsimon shakil
hosil qiladi yoki ko‘p hududlarda (vohalarda, dengiz qirg‘oqlarida, tundrada) o‘simliklarning yo‘q
bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |