Ishqoriy metallar davriy jadvalning 1-guruhida joylashgan bo’lib, Li, Na. K, Rb, Cs, Fr elementlarini o’z ichiga oladi - Atom yadrolarining zaryadi ortib borishi bilan ularda elektron qobiqlar soni va atom radiusi ortib boradi, tashqi elektronlarning yadroga tortilish kuchi va ionlanish energiyasi kamayib boradi, metallarning faolligi kuchayadi. Fransiy tabiatda uchramaydigan sun’iy radioaktiv element.
Litiy
Natriy
Kaliy
Rubidiy
Seziy
Fransiy
Ishqoriy metallar atomlarining tuzilishi. Biologik ahamiyati: - Li- stimulyatorlik xossasiga ega metall, va unda teratogen (Homilaning rivojlanishida mayib- majruhlik yoki turli xil anomal holatlarni keltirib chiqaruvchi) , antidepressantlik xususiyatlari xam bor. Har kungi ovqat tarkibida 0,1-2 mg bo’lishi kerak.Zaharli dozasi 92-200 mg,
Na- Har kungi ovqat tarkibida 5 gr bo’lishi kerak, zaharli emas, 70 kg inson tanasida o’rtacha 70 gr miqdorida bo’ladi. K- har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 gr bo’lishi kerak. Zaharli dozasi 6 gr. 70 kg inson tanasida 250 gr miqdorda bo’ladi. Rb- stimulyator xossaga ega,har kungi ovqat tarkibida 1,5-6 mg bo’lishi kerak.Zaharliligi kam. 70 kg inson tanasida 680 mg miqdorida bo’ladi. Cs- har kungi ovqat tarkibida 0,004-0,03 mg bo’lishi kerak. Zaharli emas ’’Mantiqiy fikrlash ’’ mashqi: Bechora А ga uyida juda noqulay: Yuqoridagi qo’shnisi B uyingni yoqaman deb qo’rqitsa O’ng tomondagi qo’shnisi C zaharlayman deb qo’rqitadi. Chap tomondagi qo’shnisi D esa og’ir-bosiq bo’lib, onda-sonda janjal ko’taradi. Lekin bunday paytda undan har narsa kutsa bo’ladi, yoki uyga o’t qo’yadi, yoki zaharlaydi (chunki gugurt tarkibida bor). Lekin u tinchisa o’zidan och yashil nur taratib hammani xursand qiladi. А va uning qo’shnilari kim? - Inson tanasida Na- 0,2 % va K-0,4% miqdorda borligini bilgan holda tananggizdagi Na va K miqdorini hisoblab toping.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |