Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish Reja


Download 86.44 Kb.
bet2/7
Sana16.11.2023
Hajmi86.44 Kb.
#1781328
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish

Darsning тashkiliy shakllari
Dars metodi ta’limning ichki mazmun va mohiyatini belgilasa, uning tashkiliy shakllari didaktik kategoriya sifatida tashqi mazmunini anglatadi:
* o‘quvchilarni yosh va individual xususiyatlari hamda bilim darajalariga muvofiq sinflarga ajratish. Sinf o‘quvchilarini mikroguruhlarga bo‘lish yoki o‘quvchi bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borish;
* “o‘qituvchi-o‘quvchi” faoliyatini faol “subyekt-subyekt” munosabati darajasiga olib chiqish asnosida hamkorlik, hamfikrlikni ta’minlash;
* o‘quvchilarni faollashtirishda ularning diqqatini tayanch tushuncha va iboralarga qaratish lozim. Yakuniy xulosalarni ana shu tayanch tushunchalar atrofida umumlashtirish;
* dars maqsadiga muvofiq interfaol metod, usul va vositalarni tanlash va ulardan unumli foydalanish;
* o‘rtaga tashlanadigan har bir savolning ilmiyligi, mantiqiyligi va didaktik talablarga javob berishiga e’tiborni qaratish;
* vaqt taqsimoti masalasiga qat’iy amal qilish. 40-45 daqiqali yoki 80-90 daqiqaga mo‘ljallangan juftlik darslarda o‘quvchining mustaqil bilim olishiga bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish. Qisqa vaqtdan unumli foydalangan holda izlanuvchanlik, ijodkorlik, hozirjavoblik va topqirlik masalasiga asosiy e’tiborni qaratish;
* texnik va texnologik jarayonni inson salohiyati bilan uyg‘unlashtirib borish. Yangi pedagogik texnologiyalar tatbiqi asosida darslarni loyihalashtirish va shu asosda kafolatli natijalarga erishish yo‘llarini izlash;
* o‘quvchining(talabaning)sog‘lig‘i, ruhiy va individual imkoniyatlari bilan bajarishi lozim bo‘lgan bilimlar hajmini aniqlash;
* ijodiy muhit yaratish asosida o‘quvchilarni(talabalarni) rag‘batlantirib borish va boshqalar;
*nazorat topshiriqlarning bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida,o‘zlashtirish dinamikasini kuzatib borish.
*ilm asosida bilim berishga erishish.
Darsning asosiy qismlari.
Dars - o‘quv ishining tashkil kilishning asosiy shaklidir.
Aniq qo‘yilgan maqsadga o‘qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur dalilik materialni to‘g‘ri tanlab olishiga imkon beradi. Qo‘yilgan maqsadga qarab, darsda o‘qitiladigan aniq material har xil bo‘lishi mumkin.
Dars 3 qismga bo‘linadi:
1. Kirish.
2. Asosiy kism.
3. Xulosa.
Darsning kirish qismida o‘quvchilar bilan tanishish, o‘quvchilar e’tiborini ishning o‘ziga jalb etish, umuman sinfni o‘quv ishiga tayyorgarligini ko‘rib chiqish kerak.
Darsning asosiy qismida so‘rash va baholash kiradi. Yangi materialni bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash. Uyga topshiriq berish. To‘g‘ri tashkil etilgan uy topshiriqlari - o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakalari hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir.
Tipik dars quyidagi sxema asosida tuzilgan:
1. Sinfni o‘quv ishiga tayyorlash.
2. So‘rash va baholash.
3. O‘tilgan mavzuni qisqacha xulosalash.
4. Yangi materialni bayon etish.
Materialni umumlashtirish va puxtalash.
6.Uyga topshiriq berish.
Darslar xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Har xil dars - o‘quvchilarda bilimga havas hosil kilishning va bu havasni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir.
Ta’lim-tarbiya jarayoni juda xilma-xildir: ko‘zlangan maqsadga va materialning mazmuniga qarab, ta’lim-tarbiya jarayoni bir qolipga solingan tashkiliy shakllarni emas, balki jonli, xilma -xil tashkiliy shakllarni talab etadi, darslar xilma-xil bo‘lishi kerak.
Darslar - yangi materiallarni o‘rganish, amaliy mashg‘ulotlar darsi, mashq va masalalar darsi, nazorat darslari va boshqalar.
Tipik dars uchta asosiy qismga - kirish qismi, asosiy qism va xotima qismga bo‘linadi.
Darsning kirish qismini ko‘pincha o‘qituvchining o‘quvchilar bilan salomlashishi, davomatni tekshirish, kimyo o‘quv kabinetini darsga tayyorgarligi, zarur asbob-uskunalar bor-yo‘qligini tekshirish o‘quvchilarning ish joyida umumiy tartib o‘rnatish, o‘quvchilar e’tiborini o‘ziga jalb etish va boshqalar tashkil etadi. Darsning kirish qismini tashkiliy qism yoki sinfni o‘quv ishiga tayyorlash deb atash mumkin.
Darsning asosiy qismiga o‘quvchilardan so‘rash, yangi mavzuni bayon etish, umumlashtirish va puxtalash kiradi.
O‘quvchilardan so‘rashga uyga berilgan topshiriqlarini, oldingi darsda o‘tilganlarni tekshirib ko‘rish kiradi. Ko‘pgina hollarda, uyga berilgan vazifani frontal suratda, butun sinfni bir vaqtda tekshirib chiqish kerak bo‘ladi. Shunda har xil usullardan foydalanib o‘quvchilarni hamma vaqt e’tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilish kerak. Ba’zan, murakkab uy topshiriqlarini o‘qituvchi vaqtni tejash maqsadida o‘quvchilardan yig‘ib, darsdan keyin tekshiradi, va keyingi darsda o‘z mulohazalarini va qo‘ygan baholarini.
Yangi mavzuni bayon qilish qismi xilma-xil bo‘ladi, uning xarakteri aniq materialga va bu materialga to‘g‘ri keladigan o‘qitish usullari va vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Bayon etish jarayonida darsning asosiy ta’lim - tarbiyaviy vazifasi hal qilinadi. Ko‘pincha, darsning bu qismida o‘quvchilarga tayyor bilimlarni berish bilan chegaralanmay, balki o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zlariga tajriba, kuzatish, darslik bilan ishlash qildiriladi.
Yangi mavzuni umumlashtirish va puxtalash darsning alohida qismini tashkil etadi, chunki yangi mavzuda eng muhim narsani ajratib ko‘rsatishga va bu muhim narsani, qolgan vaqtga qarab, maxsus tarzda mustahkamlashga imkon beradi.
Uyga topshiriq darsning yakuniy (xotima) qismida beriladi. To‘g‘ri tashkil etilgan uy topshiriqlari o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakalarini hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir.
Shunday qilib, tipik dars sxemasi quyidagicha yoziladi:
Sinfni o‘quv ishiga tayyorlash
So‘rash
O‘tilgan mavzuni xulosalash
Yangi mavzuni bayon etish
Yangi mavzuni umumlashtirish va puxtalash
Uyga topshiriq berish.
Albatta, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan darsning sxemasi birdan-bir sxema emas. Yangi mavzuning harakteriga, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, kimyoviy asbob-uskunalarni bor-yo‘qligiga, o‘qituvchining imkoniyati va individual xususiyatlariga va bir qator boshqa omillarga qarab darsning tuzilishi o‘zgartirib turiladi.

Download 86.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling