Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish Reja


Download 86.44 Kb.
bet1/7
Sana16.11.2023
Hajmi86.44 Kb.
#1781328
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish


Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish


Reja



  1. Dars shakllari va metodlari

  2. Dars – o’qitishni tashkil etish shakli sifatida

  3. Metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish

4. Sinf-dars shaklidagi dars turlari va ularning tuzilishi.
Dars va darsning shakllari.
Dars dеb bеvosita o`qituvchining rahbarligida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim mashg`ulotiga aytiladi.
Dars - o`quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir.
Dars - o`quv ishlarining markaziy qismidir.
O`quv yurtlarimiz bosib o`tgan tarixiy davr ichida ta'limni tashkil qilish shakllari o`zgardi, rivojlandi.
Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko`ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo`ladi.
2. Dars mashg`uloti asosan 45 minutga mo`ljallangan bo`lib, qat'iy jadval orqali olib boriladi.
3. Dars bеvosita o`qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars o`tilayotgan matеrialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim bеradi va navbatdagi bilimlarni o`zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.
Ayni paytda, o`quv yurtlarimizda ta'limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.
1. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shaklidir.
Dars deganda o‘qituvchning o‘quv guruhiga uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o‘zgarmas o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazishi tushuniladi.
Dars hunar bilim yurtida ham ta’limning tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi.
Har bir dars o‘quv jaryonining bir qismi hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir.
Dars – maktabdagi o‘quv ishining tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘kituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o‘quvchilarning doimiy tarkibi (sinf) bilan qat’iy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoa bilish faoliyatiga rahbarlik qilib , o‘quv dasturiga muvofiq o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.
Eng yaxshi o‘qituvchilarning tajribalarini umumlashtirish va pedagogika fanining yutuqlari darsga qo‘yiladigan quyidagi didaktik talablarni belgilash imkonini berdi.
1. Darsning asosiy didaktik vazifalari va asosiy elementlarining aniqligi va muqarrarligi.
2. Ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi.
3. O‘qitishning butun dars va uni har bir qismi vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o‘quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlaydigan eng ratsional metodlarini tanlash.
4. Mashg‘ulotlarning turli shakllari: umumsinf, gruppaviy va individual shakllarini ratsional birga qo‘shib olib borish.
O‘quvchilar bilish faoliyatining faolligini o‘qituvchining rahbarlik roli bilan birga qo‘shib olib borish.
6. Darsning oldingi va keyingi darslar bilan bog‘lanishi.
7. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
8. Darsda o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish.
Darsga tayyorlanish o‘qituvchidan katta mehnat talab qiladi, bu ijodiy jarayondir. Har bir zamonaviy darsda o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kerak.
O‘qituvchini darsga ijodiy yondashishi shundan iboratki - har bir darsda o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlarini ko‘zda tutgan holda dars rejalarini ishlab chiqish, darsni olib boradigan usullarni tanlash, o‘quv vositalarini, kimyoviy tajribalarni tanlab olish kerak.
Ma’lumki, har bir ijodiy faoliyat bir namunaviy bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun o‘qituvchi maktab dasturiga asoslanib, darslik, metodik qo‘llanma, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanadi. O‘zining boshidan o‘tkazmasdan, birovning tajribasini o‘zi uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
Darsning muffaqiyatli o‘qitish uchun o‘qituvchi oldindan tematik rejalarga tayanib ayni darsning oldingi va keyingi darslar bilan bog‘laydi.
Darsning hal qiluvchi sharti uning maqsadidir. Aniq qo‘yilgan maqsad o‘qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur dalilik materialni to‘g‘ri tanlab olishga imkon beradi.
Hozirgi paytda pedagogika fanida zamonaviy dars iborasi tez-tez tilga olinmoqda.
Zamonaviy dars mezonlari va belgilari
*Dars - o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faol murosabatlariga asoslangan bo‘ladi.
*Dars jarayoni tabaqalashtirish va shaxsiy qobiliyatlariga yondashuv asosida amalga oshiriladi.
*Dars o‘quvchining yuqori darajadagi qiziqishi, xohishlari, aqliy faoliyatini faollashtirishga e’tibor qaratiladi.
*Darsda o‘quv materiali mazmuniga ko‘ra turli uslublar, vositalar, uslubiyatlarga suyanadi.
*Darsda o‘quvchining aqliy faoliyatini faollashtirishga e’tibor qaratiladi.
* Darsda o‘quvchi shaxsiyatini rivojlantirishga, birinchi navbatda, o‘quvchining o‘zini -o‘zi boshqara olishga qaratilgan mexanizm to‘liq ishga solinib, shu orqali uning bilimga bo‘lgan qiziqishi va xohishi orttiriladi.
* Dars sifati va samaradorligini ta’min etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi.
* Darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi.
* O‘quv materiali qiyinchiliklarini osonlik bilan yenga olishga e’tibor qaratiladi.
* Darsda nazariy va amaliyot o‘zaro bog‘lanishda talqin etiladi.
* Darsga tizimli yondashuv - o‘quvchining pog‘onama - pog‘ona rivojlanishi hamda to‘liq o‘zlashtirib olishini ta’minlaydi.
* Dars jamiyatining sotsial buyurtmasini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
* O‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik faoliyati pedagogika hamda psixologiyaning eng so‘nggi yutuqlari asosida tashkil etilishi ta’minlanadi.
* Dars jarayoiida o‘quvchining qiziqishi asosida ta’limning rivojlanish vazifalari hal etib boriladi.
* O‘quvchilarning bilim olish, tashabbuskorlik, ijodkorliklari tarkib toptiriladi.
* Ta’lim mazmuni optimallashtiriladi.
* Dars strukturasi takomillashtirilgan bo‘ladi.
* O‘quv maqsadlari aniqlanib o‘quv jarayoni rang-barang bo‘ladi.
* Dars yuqori saviyada, kuchli emotsional holatda o‘tadi.
* Darsda o‘zaro aloqalar jadallik bilan o‘rnatiladi.

Download 86.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling