Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish Reja


Yangi materiallarni bayon etish darslari


Download 86.44 Kb.
bet4/7
Sana16.11.2023
Hajmi86.44 Kb.
#1781328
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dars shakllari va metodlari, metodik ishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish

Yangi materiallarni bayon etish darslari. Bu darslar, odatda, mavzuni bayon etish va darsdan ko‘zlangan maqsadni ochib berishni, yangi materialni navbati bilan bayon etish yoki o‘quvchilarning o‘quv adabiyoti, texnika adabiyoti (jurnallar, byulletenlar, albomlar, chizmalar, sxemalar, texnologik jarayon kartalari va shu kabilar) yoki spravochnik adabiyot bilan mustaqil ishlashni tashkil etishni, o‘quvchilarning savollariga javob qaytarishni, o‘quvchilarning yangi materialni o‘zlashtirish sifatini tekshirish, qo‘shimcha tushuntirishlarni, uyga vazifalar berishni o‘z ichiga oladi. Bunday darslar odatda, o‘rganiladigan material tavsifiy xarakterda va o‘zlashtirish uchun yengil bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.
Bilimlarni puxtalash va tatbiq etish darslari. Bunday darslarda temaning bundan oldin o‘rganilgan materiali yuzasidan o‘quvchilar bilan frontal suhbatlar, labaratoriya-amaliy ishlar o‘tkaziladi, har xil masalalar yechiladi, texnologik jarayonlar ishlab chiqish mashqlari, yozma grafik ishlar, ilgari o‘rganilgan materialni mustahkamlash va sistemaga solish yuzasidan turli mustaqil ishlar (sxemalar tuzish va ularni o‘qish, jadvallar tuzish, texnikaviy hujjatlarni tahlil qilish va shu kabilar) o‘tkaziladi, kinofilmlar ko‘riladi, o‘quvchilar ma’ruza hamda referatlar bilan chiqadilar va hokazo. Bu ish davomida bilimlar esga solinadi, yetarli dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar o‘quvchilar ongi va xotirasida puxtalanadi. Buning natijasida bilimlar ancha puxta bo‘ladi.
Takrorlash-umumlashtirish darslari. Bu darslardan ko‘zlangan maqsad-o‘rganilgan material yuzasidan olingan bilimlarni esga tushirish va sistemaga olish, bu esa bilimlardagi kamchiliklarni to‘ldirishga, mavzuning, bo‘limning va butun fanning asosiy g‘oyalarini, masalalarini yanada chuqur ochib berishga yordam qiladi. Bu tipdagi darslar dastur mavzusini yoki bo‘limini o‘rganish so‘nggida va o‘quv yilining oxirida o‘tkaziladi. Takrorlash-umumlashtirish darslariga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ularning mundarijasiga albatta o‘quvchilar o‘quv faoliyatiga doir yangi ma’lumotlar va metodlar kiritishdir.
Takrorlash-umumlashtirish darslari ikki xil bo‘ladi: o‘qituvchi mavzuning, bo‘lim yoki kursning o‘rganilgan materiali yuzasidan umumlashtiruvchi obzor ma’ruza o‘tkazadi yoki o‘quvchilar bilan kengaytirilgan suhbat tashkil qiladi. Suhbat vaqtida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida umumlashtiruvchi mashqlar, yozma ishlar va boshqa topshiriqlar bajaradilar.

Download 86.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling