Dars tahlili va uni o’tkazish metodikasi


Download 13.82 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi13.82 Kb.
#1092139
Bog'liq
DARS TAHLILI VA UNI O


DARS TAHLILI VA UNI O’TKAZISH METODIKASI
Tayanch so’z va iboralar: Dars tahlili maqsadi, tarkibiy qismlari, tashkiliy
ishlar tahlili, ta’limiy tahlil, uslubiy tahlil, metodologik tahlil, psixologik tahlil,
pedagogik tahlil, yakuniy tahlil, dars tahlil qilish metodikasi.
Dars tahlili va uning maqsadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishni professor-o‘qituvchilar jamoasi
ishiga rahbarlik etishning asosiy usullaridan biri deb qarash kerak. Pedagogik
nazoratni amalga oshirish - bu maslahatlar berish, ishga ta’sir ko‘rsatish, uni
yaxshilash, oldindan ko‘rish, voqealarni seza bilish, har bir ta’lim muassasasidagi
ishlarni o‘z vaqtida to‘g‘rilashdir.O‘quv jarayonini nazorat qilish professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, darajasini, tashkil qilishlari va metodikasini yaxshilash, o‘qitish jarayonidagi mavjud xato va kamchiliklarni ochishi kerak. Dars tahlili, professor-o‘qituvchi faoliyatini o‘rganish va tekshirish, professor-o‘qituvchi ishning ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur bilishga asoslanilgan malakali yordamdir. To‘g‘ri tashkil etilgan nazorat professor-o‘qituvchilarning eng yaxshi tajribalarini aniqlash hamda uni tarqatish choralarini ko‘rishda yordam beradi. O‘quv ishini nazorat qilish doimiy, rejali, ob’ektiv bo‘lishi kerak. Uni shunday tashkil qilish kerakki, u professor-o‘qituvchilarda ijobiy tashabbusni, o‘quv ishining holatiga javobgarlik hissini o‘stirsin. O‘quv ishlarini nazorat qilish quyidagilarni: darslarga kirishning maqsadlarini aniqlash; darslarni tahlil qilishni rejalashtirish; darslarni tahlil qilishga tayyorlanish; darslarga kirish; darslar tahlili; nazorat natijalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko’p yillik ish tajribalari va kuzatishlar, o’qituvchi hamisha o’z ustida ishlashi, bilim, ko’nikma va malakalarni takomillashtirib borishi kerakligini ko’rsatmoqda. O’qituvchi pedagogik mahoratining kundan-kunga o’sib borishi, o’quv jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llay olishini kuchayishi, uning pedagogik faoliyatida amalga oshadi. O’qituvchi faoliyatining qanchalik samarali ekanligini, odatda, uning mahoratini kuzatish, o’tayotgan darslarini tahlil qilish orqali baholash mumkin. Bunday ishlarni ko’pincha tegishli Vazirlikning mas’ul xodimlari, ta’lim muassasasi rahbari yoki uslubchilar, uslubiy birlashma boshliqlari amalga oshiradilar. Biror o’qituvchining darsiga kirish mo’ljallangan bo’lsa, o’qituvchilik kasbi odobiga ko’ra shaxslarni darsga kiritish oldidan (ayniqsa, tashqaridan kelgan shaxslarni) qaysi o’quv xona (auditoriya)ga va qaysi darsga kirish kerak ekanliklari bo’yicha ogohlantirilishlari lozim. Avvalo, o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i, imkoniyat bo’lmay qolgan taqdirda rahbariyat xodimlaridan biri, tashqaridan kelgan kuzatuvchini birga olib kirishi maqsadga muvofiq. Bu, o’z navbatida, ba’zibir anglashilmovchiliklar va psixologik to’siqlarning oldini olishga yordam beradi. Darsni kuzatish va tahlil qilish rejasidan qaysi birini tanlash
darsga qanday maqsadni ko’zlab tahlil qilishga;
kuzatuvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga;
dars tahlili kuzuvchisini egallab turgan lavozimiga;
dars tahlilini tashkil etish shakllariga bog’liq.
Download 13.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling