Barcha o'quv-tarbiya masalalarini hal qilishda maktab o'qituvchilari o'rtasida hamkorlik va o'zaro yordam berish mavjudmi?
|
|
|
2.
|
Pedagogik talablarda bir xillik bormi?
|
|
|
3.
|
O'quvchilarning intizomi va xulq madaniyati sizni qoniqtiradimi?
|
|
|
4.
|
Pedagoglarning talablarini maktab o'quvchi- lari tomonidan qo'llab-quvvatlash, o'quvchilar muhitida o'zaro tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash kuzatiladimi?
|
|
|
5.
|
Jamoada har chorak yakuni sinflar kesimida tahlil qilinib, ota-onalar ishtirokida muhokama qilinadimi? Keyingi chorak vazi- falari belgilanadimi?
Pedagogik faoliyatni baholashda pedagogik jamoada xolis tanqid va o'zini-o'zi tanqid (qilish) mavjudmi?
|
|
|
6.
|
O'tgan o'quv yili bo'yicha o'zingizning pedagogik mehnatingiz natijalaridan qonikdin- gizmi?
|
|
|
7.
|
Ma’muriyat Sizni nazorat qilganda qo'rquvni his qilasizmi?
|
|
|
8.
|
Ishingizdagi muvaffaqiyatsizliklar va muammolarni ma’muriyatga ochiq aytib, o'rtoq- lashasizmi?
|
|
|
9.
|
Ma’muriyat nazorati Sizga shak-shubhasiz foyda beradi, deb hisoblaysizmi?
Va hokazolar.
|
|
|
Test o'tkazish bo'yicha ayrim tavsiyalar
- Test nazorati shaklidan foydalanishda «Sof test» deb atalgan (javoblarni tanlash mumkin bo'lgan topshiriqdar) shakl bilan cheklanib qolmaslik kerak.
- Ayrim fanlar bo'yicha testlardan tashqari umumiy o'quv ko'nikmalarini anikdashga yo'naltirilgan testlardan foydalanish maqsadga muvofikdir.
- Bilim darajalari bo'yicha testlar.
1 -daraja — o'zlashtirilgan materialning reproduktiv me’yordagi minimal hajmi.
daraja — asosiy dastur bo'yicha bilimlardan rekonstruktiv me’yorda foydalanish.
daraja — qo'shimcha materiallarni jalb qilgan holda, bilimlarni ijodiy qo'llash.
O'qituvchiga anketa
Ma’muriyat, odatda, faoliyatingizning qaysi masalalarini nazorat qiladi?
Sizning iltimosingizga ko'ra darslaringizga tashrif buyurishganmi?
Faoliyatingizni nazorat qilishni xolis deb hisoblaysizmi?
Ma’muriyat Sizni nazorat qilganda ko'rquvni his qilasizmi?
Nazorat paytida Sizning yutuk, va ijobiy natijalaringiz e’tiborga olinadimi?
Muammolar va muvaffaqiyatsizliklarni maktab ma’muriyatiga ochiq aytib, o'rtokdashasizmi?
Faoliyatingiz taxdil qilinayotganda, o'z nuqtai nazaringizni himoya qilish imkoniga egamisiz?
Nazorat natijasida, Siz sifatliroq natijalarga erishish yo'llari haqida aniq-ravshan tasavvurga ega bo'lasizmi?
Nazoratdan so'ng yaxshiroq ishlayapman, deb ayta olasizmi?
Nazorat Sizga shak-shubhasiz foyda beradi, deb hisoblaysizmi?
Xulosa
Ta’lim sifatini xolis baholash muammosiga bag'ishlangan sakkizinchi darsimiz ham nihoyasiga yetmokda. Unda tinglovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Birinchi xulosa. Ta’lim muassasasi faoliyatini xolis baholashda qanday mezonlardan foydalanishimiz juda muhimdir. Albatta, bunda dastur materiallarini o'quvchilarining asosiy qismi tomonidan o'zlashtirish darajasi davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelishi, pedagogik jamoa ishining murakkabligi oshirilgan dasturlar bo'yicha natijalari, maktablararo olimpiadalar, ko'riklarda ishtirok etish, tarbiyaviy ishlar natijalari kabilar
hisobga olinishi maqsadga muvofikdir.
Ikkinchi xulosa. Ta’lim muassasalarining yuqori natijalari, shubhasiz, quyidagi omillarga bog'liq: muassasaning moddiy - texnik bazasi, o'quv- uslubiy ta’minlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, kadrlar salohiyatidan foydalanish, axborotlar bilan ta’minlanish, maktab ichki iazorati va shu kabilar.
Uchinchi xulosa. Biz jadal o'zgarayotgan dunyoda yashayapmiz. Garchi o'quvchilar
ta’lim muassasalarida yaxshi o'qisalar ham, ularga chuqur, puxta bilimlar,
ko'nikmalar berilsa ham, bu ozlik qiladi. Ta’lim muassasasi o'quvchini mustaqil fikrlashga, o'zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo'lishga, o'zining fikrini bildirishga, bozor iqtisodiyoti sharoitida yashashga o'rgatishi darkor. Ta’lim muassasasi faoliyati baholanayotganda mazkur jihatlar, albatta, inobatga olinishi lozim.
Nazorat uchun savollar:
1. Darslarni kuzatish va tahlil qilishdan ko'zlangan maqsad nimadan iborat.
Dars tahlilida psixologik holatlarni o'rni nimadan iborat?
Dars tahlilida yo'l qo'yiladigan asosiy xato va kamchiliklar nimadan iborat?
Darsga tashrif buyurilganda o'qituvchi mahorati qanday baholanadi?
Darsni turlari va uning mazmuni nimadan iborat?
Darsni tahlil etishni qanday olib borish maqsadga muvofiq?
Dars jarayoni tuzilishining samaralorligi nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |