Darsdan maqsad


Download 5.02 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi5.02 Kb.
#1770027
Bog'liq
Haydarova Munisa 2


Yevropa mumtoz musiqasi.
1 soatlik
dars ishlanma

Darsdan maqsad:

  • Darsning Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga yevropa mumtoz musiqasi haqida ma`lumot beriladi. O`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatiladi.
  • Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, fikr doirasini kengaytirish, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalash.
  • Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda musiqaga bo`lgan qiziqish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining ma`naviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim berish.

  • Darsning uslubi: Muloqot, inovatsion texnologiyalardan foydalanish.
  • Darsning metodi: Aralash, “Test” tarqatma material, “B.B.B” metodi.
  • Darsning jihozlari: 6-sinf musiqa darsligi,yillik ish reja, reja konspekt,fortepiano musiqa asbobi, texnik vositalar, tarqatma materiallar, rag`batlantiruvchi materiallar.

Darsning borishi:

  • O`quvchilar sinfga o qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib keladi.
  • Tashkiliy qism:
  • Salomlashib, davomat aniqlanadi, o`quvchilarning darsga tayyorligi tekshiriladi;
  • O`tilgan mavzuni takrorlash maqsadida “Sharq xalqlarining kasbiy musiqasining o`xshashligi” mavzusi bo`yicha “Test” tarqatma materiallar beriladi.

Yangi mavzu: Yevropa mumtoz musiqasi

  • “B.B.B” metodi”:
  • B/B/B JADVALI- Bilaman/Bilishni xоhlayman/ Bilib оldim.
  • Mavzu, matn, bo‘lim bo’yicha izlanuvchanlikni оlib bоrish imkоnini beradi.
  • Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivоjlantiradi.
  • Jadvalni tuzish qоidasi bilan tanishadilar. Alоhida / kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
  • Mavzu bo‘yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xоhlaysiz” degan savоllarga javоb beradilar (оldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asоs yaratiladi). Jadvalning 1 va 2 bo’limlarini to’ldiradilar.
  • Ma`ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
  • Mustaqil/kichik guruhlarda jadvalning 3 bo‘limni to’ldiradilar



B/B/B JADVALI

BILAMAN

BILISHNI XOHLAYMAN

BILIB OLDIM

  • Musiqa tinglash: L.V.Betxoven asarlaridan yoki o`qituvchi ijrosida “Elizaga” asarini tinglash.
  • Jamoa bo`lib kuylash: O`qituvchi xohishiga ko`ra ovoz sozlash mashqlari bajarilib, A.Obidjon she`ri, A.Mansurov musiqasi bo`lgan “Kim epchilu kum chaqqon” qo`shig`i o`qituvchi tomonidan kuylab beriladi va o`quvchilarga jumlalarga bo`lib o`rgatiladi. Mualliflari haqida qisqacha ma`lumot beriladi.

Musiqa savodi:

  • Kantata, oratoriya va balet janrlarini farqi haqida.
  • Dars yakuni: Faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi, hamda uyga vazifa beriladi.
  • Uyga vazifa: Mavzuni yaxshi o`qib kelish, “Kim epchilu kim chaqqon” qo`shig`ini yodlab kelish.

Download 5.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling