MAVZU: Tushum kelishigi haqida umumiy ma’lumot
DARSIMIZ SHIORI: Oz-oz o’rganib dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur. (Alisher Navoiy)
Otlarda kelishik shakllari
Bosh kelishik _____
Qaratqich kelishigi -ning
Tushum kelishigi -ni
Jo’nalish kelishigi -ga
O’rin-payt kelishigi -da
Chiqish kelishigi -dan
Kim? Nima? Qayer? So’roqlarini olgan so’zlarga qo’shilib, o’zidan keyingi o’timli fe’lga bog’lanib keladi.
Tushum kelishigi
Masalan
Kitobni do’stimdan oldim,
Anvarni oyisi chaqirdi,
Ustozimni yaxshi ko’raman,
Daftarni o’rtog’imga uzatdim.
Tushum kelishigi va qaratqich kelishigining farqi: Qaratqich kelishigining qo’shimchasini (-ning) olgan so’zlardan keyin ot, sifat, son, ravish so’z turkumlari keladi. Tushum kelishigining qo’shimchasini (-ni) olgan so’zlardan keyin esa doimo o’timli fe’l keladi.
Masalan:
. (Ot)-Uyimizning devori baland,
(Son)-Daftarining uchtasini olim,
(Ravish)-Gullarning yonida kitoblar turadi,
(Sifat)-Gullarning xushbo’yini tanladim.
Kitobni yozdim,
O’rtog’imni chaqirdim,
Maktabni ta’mirlashdi,
Sinfxonani tozaladik
Uyga vazifa: Tushum kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlarga misollar yozish hamda shu so’zlar ishtirokida gap tuzish E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |