Darsimiz shiori: Oz-oz o’rganib dono bo’lur


Download 0.8 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#236704
Bog'liq
Tushum kelishigi


MAVZU: Tushum kelishigi haqida umumiy ma’lumot

DARSIMIZ SHIORI:

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,

Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

(Alisher Navoiy)


Otlarda kelishik shakllari

Bosh kelishik _____

Qaratqich kelishigi -ning

Tushum kelishigi -ni

Jo’nalish kelishigi -ga

O’rin-payt kelishigi -da

Chiqish kelishigi -dan

Kim? Nima? Qayer? So’roqlarini olgan so’zlarga qo’shilib, o’zidan keyingi o’timli fe’lga bog’lanib keladi.

Tushum kelishigi

Masalan


Kitobni do’stimdan oldim,

Anvarni oyisi chaqirdi,

Ustozimni yaxshi ko’raman,

Daftarni o’rtog’imga uzatdim.

Tushum kelishigi va qaratqich kelishigining farqi:

Qaratqich kelishigining qo’shimchasini (-ning) olgan so’zlardan keyin ot, sifat, son, ravish so’z turkumlari keladi.

Tushum kelishigining qo’shimchasini (-ni) olgan so’zlardan keyin esa doimo o’timli fe’l keladi.


Masalan:

. (Ot)-Uyimizning devori baland,

(Son)-Daftarining uchtasini olim,

(Ravish)-Gullarning yonida kitoblar turadi,

(Sifat)-Gullarning xushbo’yini tanladim.

Kitobni yozdim,

O’rtog’imni chaqirdim,

Maktabni ta’mirlashdi,

Sinfxonani tozaladik

Uyga vazifa:

Tushum kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlarga misollar yozish hamda shu so’zlar ishtirokida gap tuzish

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling