boshlashi kutilayotgan davr davomida amortizatsiya qilinishi lozim bo‘ladi. Ammo
u har qanday holatda ham butun amal qilish muddatidan ortiq vaqt davomida
(muallifning hayot ekanligi davrining yana 50 yil) amortizatsiya qilinmasligi
kerak.
Savdo markalari yoki
savdo belgilari (misol uchun «Sosa-Sola»)-
mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab
beruvchi) identifikatsiyalar. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatga olinishi,
ro‘yxatga olinganlari esa-ularning faoliyat muddatlarini ma’lum
bir davrga
uzaytirish asosida yangilanib borishi mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar,
ramzlar va mahsulotning boshqa aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan
himoyalanadi.
Savdo markalari yoki
savdo belgilari – mahsulot
yoki xizmatlarga oid
berilgan nomlar, ramzlar
78
.
Savdo markasining sotib olinishi vaqtida to‘langan pul mablag‘lari qiymati
kapitallashtirib boriladi. Uning foydalanilishi,
himoya qilinishi, kengaytirilishi,
ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki sudda himoya qilinishi natijasida yuzaga kelgan pul
summalari ham kapitallashtiriladi.
Bu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo
markasining foydali xizmat
qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa
bo‘lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: