transport vositalarini tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl) ikki
nusxada
tuziladi, korxona, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya
a’zolari tomonidan
imzolanadi va korxona, tashkilot rahbari tomonidan
tasdiqlanadi. Birinchi nusxasi
buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy
vositalar obyektlarining saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsda qolib, hisobdan
chiqarish natijasida qolgan moddiy boyliklar
yoki temir-tersakni omborga
topshirish va sotish uchun asos bo‘ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda
buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining «Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati» organlarida hisobdan
chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi.
11.8. Nomoddiy aktivlar to‘g‘risida tushuncha va ularning turkumlanishi
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son
BHMSga muvofiq, nomoddiy aktivlar -
moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik
yurituvchi subyekt
tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan,
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan
mol-mulk
obyektlari.
«Nomoddiy aktivlar» nomli 38-son buxgalteriya hisobining xalqaro
standartida
quyidagicha ifodalangan; nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko‘rinishga,
material-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatishda
qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo‘lgan va boshqaruv
maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: