Дарслик мбх doc


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

Franshizalar– odatda, davlat tomonidan davlat mol-mulkidan (masalan,
kabel televideniyesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish uchun yoki
kommunal xizmatlar ko‘rsatish (elektr energiyasi), shuningdek xo‘jalik yurituvchi
subyektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan («O‘zbekiston havo
yo‘llari») foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
Ko‘pgina hollarda franshizani olish qiymati yuqori bo‘ladi va odatda
franchayzi franchayzorga uning boshlang‘ich qiymatini to‘lashi talab etiladi.
Franshizaning boshlang‘ich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina
78
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren,James M.Reeve,Jonathan E.Duchac, 848-page


xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. Franshizalardan amortizatsiya
qilish uning oldingi davriy baholari bilan birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish
muddatiga asoslanadi. Biroq to‘liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi
mumkin emas.
Eng ommaviy tarqalgan va oddiy aktivlar bo‘lib Gudvill (firma bahosi)
hisoblanadi. U o‘zida firmaning aniqlanadigan aktivlaridan olinishi kutilayotgan
daromadlariga qo‘shimcha ravishda daromadlarning ko‘payishiga olib keluvchi
firmaning imidji natijasida yuzaga kelgan qimmatlikni aks ettiradi.
Gudvill, faqat, bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ikkinchisini sotib olgan
hollardagina ro‘yxatdan o‘tkaziladi. U sotib olish dalilisiz ham amal qilishi
mumkin, biroq buxgalteriya hisobida, bir korxona boshqasini sotib oladigan bo‘lsa
yoki ularning qo‘shilishi yuz beradigan bo‘lsagina tan olinadi.
7-sonli BHMSda aktivlarni buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar sifatida
bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar
ko‘rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq
muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12
oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion tsikl mobaynida foydalanish. Bunda
aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekistonda belgilangan (xarid
qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida 50 baravarini tashkil qiladi.
Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot
davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli;
c) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
d) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning
mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar,
guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz
kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi;
e) identifikatsiyalash imkoniyati. Identifikatsiyalash sharti mezonlaridan biri
- nomoddiy aktivlarni korxonadan ajratish va uning shartnomaviy hamda boshqa


yuridik huquqlardan, ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan ajratiladigan
bo‘lishidan qat’i nazar yoxud boshqa huquqlar va majburiyatlardan yuzaga kelishi
mavjudligida 
bajariladi. 
Nomoddiy 
aktiv 
identifikatsiyalanadigan 
bo‘lib
hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
a) ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib
yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki
majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa. Agar
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu
jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga
ega bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va
ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va
mutlaq huquq korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va
majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa
yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi.
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy tabiati O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 1031-1111-moddalari bilan, ularning buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotda aks ettirilishining uslubiy asoslari esa 7-son BHMS
«Nomoddiy aktivlar», 21-son BHMS «Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va
uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» bilan belgilangan.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va
harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga
oshiriladi:
0410 «Patentlar, litsenziyalar va nou-xau»;
0420 «Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari»;
0430 «Dasturiy ta’minot»;
0440 «Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari»;
0460 «Franchayz»;
0470 «Mualliflik huquqlari»;
0480 «Gudvill»;


399 
0490 «Boshqa nomoddiy aktivlar». 
Nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha jamlangan amortizatsiya to‘g‘risida 
ma’lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi: 
0510 «Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi»; 
0520 «Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining 
amortizatsiyasi»; 
0530 «Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi»; 
0540 «Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizat-
siyasi»; 
0560 «Franchayzning amortizatsiyasi»; 
0570 «Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi»; 
0590 «Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi». 
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi boshlang‘ich qiymat 
bo‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ushbu qiymat bo‘yicha qabul qilinadi.
Haq evaziga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati 
quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: 
a) huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi 
(sotuvchi)ga to‘langan summalar; 
b) huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati 
bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent 
bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
c) bojxona bojlari va yig‘imlari; 
d) nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va 
yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); 
e) nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat 
xizmatlari uchun to‘langan summalar; 
f) nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan 
haqlar; 
g) asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash 
bo‘yicha xarajatlar; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


400 
h) aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish 
bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar. 
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar 
(akkreditiv ochish bo‘yicha xarajatlar, o‘tkazmalar uchun bankning vositachilik 
haqi, nomoddiy aktivlarni chet el valyutasiga sotib olish chog‘ida valyuta 
konvertatsiyasi bo‘yicha vositachilik haqi va bankning boshqa xizmatlari), sotib 
olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq 
xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa
xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular 
sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Agar shartnoma shartlarida to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash 
nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash chog‘ida 
haqiqiy xarajatlar buxgalteriya hisobiga dastlab tan olingan kreditorlik qarzi 
summasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga 
olingan kapital hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan nomoddiy aktivlarning 
boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi. 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling