Дарслик мбх doc


 Nomoddiy aktivlarning turlicha hisobdan chiqarishni


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

11.13. Nomoddiy aktivlarning turlicha hisobdan chiqarishni
hisobga olish 
Xo‘jalik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki 
xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan 
nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan 
chiqarilishi kerak. 
Quyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida nomoddiy aktivlar obyektlarining 
qiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: 

realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida 
iqtisodiy ma’noda sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi to‘xtatilganida; 

bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra 
hisobdan chiqarilganida; 

nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan 
chiqarilganida; 

boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida; 

huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga 
tekin topshirilganida. 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni 
buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 

egalik qilish huquqi boshqalarga berilganida - huquqni boshqa birovga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


415 
berish to‘g‘risidagi shartnoma, haq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati va 
boshqa hujjatlar, huquqni boshqalarga berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi 
mustaqil baholovchi xulosasi, chiqib ketish dalolatnomasi; 

amal qilish muddati tugatilganligi tufayli hisobdan chiqarilganida - 
hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma; 

boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo‘yganida - ta’sis hujjatlari, 
foydalanish huquqini boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, foydalanish 
huquqini boshqalarga berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi 
xulosasi, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul qilib 
olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi; 

tekinga berilgan taqdirda - foydalanish huquqini boshqa birovga berish 
to‘g‘risidagi shartnoma, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma 
bo‘yicha qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi. 
Nomoddiy aktivlar sotilishi munosabati bilan xo‘jalik faoliyatidan chiqib 
ketadi. Masalan, patent egasi sanoat mulki obyektlaridan foydalanish huquqidan 
voz kechish (qayta voz kechish) to‘g‘risidagi shartnomaga asosan nomoddiy 
aktivga bo‘lgan mutlaq huquqdan jismoniy yoki yuridik shaxs foydasiga voz 
kechishi mumkin. Bunday shartnomalar respublika Patent idorasida ro‘yxatdan 
o‘tgan bo‘lishi kerak, aks holda ular haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Huquq egasi bilan foydalanuvchi o‘rtasida intellektual mulk obyektidan 
foydalanishgagina ruxsat beruvchi nomutlaq huquqlar berilishi to‘g‘risida 
shartnoma tuzilishi mumkin. Bu holatda huquq egasi korxona o‘z balansidan 
nomoddiy akgiv obyektini chiqarmaydi (chunki unda intellektual faoliyat 
mahsuliga mutlaq huquq saqlanib qoladi). Huquq egasi hisobida bunday nomoddiy 
aktivlarga amortizatsiya ajratmasi hisoblab boriladi va mol-mulk solig‘i to‘lanadi. 
Nomoddiy aktivlar obyektlarining chiqib ketishi buxgalteriya hisobida 9220-
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotida aks ettiriladi: 
- 9220-«Boshqa akgivlarning chiqib ketishi» schyotining debeti bo‘yicha 
nomoddiy aktivlarni hisobga olish schyotida hisobga olinadigan obyektning 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


416 
boshlang‘ich qiymati va ularning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks 
ettiriladi; 
- 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotining krediti bo‘yicha hisob-
langan amortizatsiya ajratmalari summasi, shuningdek chiqib ketayotgan nomoddiy 
aktivlar obyektini qayta baholash saldosi (agar aktiv qayta baholangan bo‘lsa) aks 
ettiriladi. 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling