Дарслик мбх doc
Nomoddiy aktivlarning sotilishi munosabati bilan chiqib ketishi
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
Nomoddiy aktivlarning sotilishi munosabati bilan chiqib ketishi
Muomala mazmuni debet kredit Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarish 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» 0400-«Nomoddiy aktivlar» Hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish 0500-«Nomoddiy aktivlarning eskirishi» 9220~«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Nomoddiy aktivlarning sotilishidan olinadigan tushumni aks ettirish 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlar obyektini qo‘shimcha baholash saldosini hisobdan chiqarish aks ettiriladi 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» QQSni aks ettirish 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» Nomoddiy aktivlarning sotilishidan ko‘rilgan zararni aks ettirish 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» Nomoddiy aktivlarning sotilishidan olingan foydani aks ettirish 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda» Nomoddiy aktivlar sotilishidan olingan tushum 9220-schyot kreditida 4010- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi. 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyoti debeti bo‘yicha saldo (zarar) joriy hisobot davrida 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga, krediti bo‘yicha saldo (foyda) esa 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda» schyotiga hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 417 (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bian bog‘liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi (7-son BHMS- ning (AV tomonidan 27.06.2005 y.da 1485-son bilan ro‘yxatga olingan) 66-bandi va Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (AV tomonidan 14.01.2006 y.da 1539-son bilan ro‘yxatga olingan) 3-paragrafi). Nomoddiy aktivning sotilishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlash chog‘ida ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivni qo‘shimcha baholash saldosi, ya’ni mazkur nomoddiy aktivni ilgarigi qo‘shimcha baholashlar summasining ilgarigi qiymatning kamayishi summasidan yuqorisi bir vaqtning o‘zida «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti bo‘yicha rezerv kapitali kamaytirish bilan nomoddiy aktivning sotilishidan ko‘rilgan daromad sifatida «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyoti kreditiga kiritiladi. Misol. Korxonaning balansida asbobni ixtiro qilishga oid patent hisobda turadi. Patentning boshlang‘ich qiymati –1700ming so‘m. Amortizatsiyasi 350ming so‘mni tashkil qiladi. Korxona huquqidan voz kechish bo‘yicha shartnoma tuzdi, ushbu shartnomaga asosan ixtiroga oid patent 2 500 ming so‘mga (QQS hisobga olingan holda) boshqa ishlab chiqarish korxonasiga beriladi. Patentdan voz kechish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 75,12 ming so‘m miqdorda boj undiriladi. Download 356.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling