Дарслик мбх doc
Asosiy vositalar haq evaziga sotilganda ularning chiqib ketishi
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
Asosiy vositalar haq evaziga sotilganda ularning chiqib ketishi Muomalalar mazmuni Debet Kredit Asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarish 9210 0100 Hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish 0200 9210 Asosiy vositalarni sotishdan tushgan tushumning aks ettirilishi 4010 9210 Asosiy vositalar chiqib ketayotganida 8510-schyot bo‘yicha saldoni hisobdan chiqarish 8510 9210 Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi 9210 6410 Asosiy vositalarni sotishdan olingan zararning aks ettirilishi 9430 9210 Asosiy vositalarni sotishdan olingan foydaning aks ettirilishi 9210 9310 Joriy hisobot davrida 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag‘i bo‘yicha debet qoldiq (zarar) 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 391 hisobvarag‘iga, ushbu hisobvaraq bo‘yicha kredit qoldiq (foyda) esa 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» hisobvarag‘iga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarning boshqa korxonalar ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi munosabati bilan chiqib ketishi ta’sis shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobida bu tarzda berish «Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 6-paragrifiga 21-son BHMSga asosan aks ettirilishi kerak. Asosiy vositalarning boshqa korxonalar ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi munosabati bilan chiqib ketishi Muomalalar mazmuni Debet Kredit Asosiy vositalar dastlabki (tiklash) qiymatining hisobdan chiqarilishi 9210 0100 Hisoblangan eskirishning hisobdan chiqarilishi 0200 9210 Ustav kapitaliga asosiy vositalar bilan kiritilgan ulushning aks ettirilishi 0600 9210 Qo‘shimcha baholangan asosiy vosita chiqib ketayotganida 8510-hisobvaraqning yopilishi 8510 9210 Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moliyaviy natija (foyda)ni aks ettirish 9210 9310 Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moliyaviy natija (zarar)ni aks ettirish 9430 9210 «Elita» MChJ kompyuterni tiklash samarasizligi tufayli uni foydalanishdan hisobdan chiqaradi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga ko‘ra kompyuterning dastlabki qiymati 5000 ming so‘mni, chiqib ketish paytida u bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya 4000 ming so‘mni tashkil qiladi. Qismlarga ajratishda foydalanish uchun yaroqli qism 160 ming so‘m bozor qiymati bo‘yicha kirim qilindi. Qismlarga ajratuvchi xodimga ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bilan birga 54 ming so‘m ish haqi hisoblandi. Kompyuterni tugatishdan olingan moliyaviy natija quyidagicha aniqlanadi: 5000000 - 4000000 - 160000 + 54000 = 894000 so‘m - AV tugatilishidan ko‘rilgan zarar. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling