Mehnat shartnomasini taraflar kyelishuviga asosan bekor qilish haqida mehnat shartnomasiga qo’shimcha kelishuv


Download 16 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi16 Kb.
#1638251
Bog'liq
тарафлар келишуви янгисi tayyor


MEHNAT SHARTNOMASINI TARAFLAR KYeLIShUVIGA ASOSAN BEKOR QILISH HAQIDA MEHNAT ShARTNOMASIGA QO’SHIMCHA KELISHUV
2023- yil 5-iyun Sharof Rashidov tuman


Nizom asosida faoliyat yurituvchi Sharof Rashidov tuman 44-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori A.Naxonboyev bir tarafdan (keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi) va shu maktab targ’ibotchisi Z.Rajabaliyeva ikkinchi tarafdan (keyingi o‘rinlarda “Xodim” deb ataladi), ushbu mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi taraflar kelishuvni (keyingi o‘rinlarda “Kelishuv” deb ataladi) quyidagilar haqida tuzdilar.
I. Kelishuv predmeti


1.1. Taraflar mehnat shartnomasini 2023-yil 5-iyun kunidan bekor qilingan deb hisoblashga kelishib oldilar.
1.2. Taraflarning huquq va majburiyatlari buzilmayotganligi eʼtirof etildi.


II. Taraflarning majburiyatlari

2.1. Ish beruvchi 2023-yil 5-iyun kundan Xodim bilan to‘liq hisob-kitob qilish majburiyatini oladi.


2.2. Xodim 2023-yil 5-iyun kuni Ish beruvchiga Xodim hisobida turgan barcha moddiy qimmatliklar va hujjatlarni topshirish majburiyatini oladi.


2.3. Ish beruvchi 2023-yil 5-iyun kuni Xodimga mehnat daftarchasi (mavjud bo‘lgan hamda o‘z vaqtida Ish beruvchiga topshirilgan bo‘lsa) hamda mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqdan ko‘chirma berish majburiyatini oladi.


III. Yakuniy qoidalar


3.1. Ushbu Kelishuv Taraflar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar bajarilguniga qadar amal qiladi.
3.2. Ushbu Kelishuv bo‘yicha qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilganidan keyin Taraflar bir-biriga moddiy va boshqa eʼtirozlarni bildirmaydilar.
3.3. Ushbu Kelishuv ikki nusxada o‘zbek tilida Taraflarning har biri uchun bittadan tuzilgan va bir xil yuridik kuchga ega.


TARAFLARNING REKVIZITI:

ISH BERUVCHI:
Sh.Rashidov tuman MMTBga qarashli 44-umumiy o`rta ta`lim maktabi
A.Naxonboyev __________ 2023-yil 5-iyun

XODIM:
Sh.Rashidov tuman MMTBga qarashli 44-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Z.Rajabaliyeva. _____________
2023-yil 5-iyun

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling