383
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati
shundaki, bunda
amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni
foydali ishlatish
muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan
qiymatidan kelib chiqqan
holda teng ulushlarda hisoblanadi. Mazkur usulga
muvofiq asosiy vositalar
obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning
xizmat muddati davomida
tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan taqsimlanadi.
Usul amortizatsiya
me’yori foydali xizmat muddatining davom etishi muddatiga bog‘liqligiga
asoslangan.
Har
bir
davr
uchun
amortizatsiya
ajratmalari
summasi
amortizatsiyalanadigan qiymatni obyektdan foydalanilgan
hisobot davrlari soniga
bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi.
Misol. Kompyuterning boshlang‘ich qiymati — 2680 ming so‘m, uning besh
yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati — 80 ming so‘m. To‘g‘ri
chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvofiq mazkur vaziyatda yillik amortizatsiya
summasi amortizatsiyalanadigan qiymatidan 20 foizli, ya’ni 520 ming so‘mni
((2680000-80000)/5) tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: