Дарслик мбх doc


VI    Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

VI  
 Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash 
uskunalari 
1
Kompyuterlar
20 
2
Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta 
ishlash uskunalari
3
Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi
4
Boshqalar
VII  
 Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar 
1
Ko‘p yillik dov-daraxtlar
10
2
Boshqalar
15
 
Eskirish konseptsiyalari 
Avvalroq ta’kidlanganidek, Asosiy vositalar kutilgan foydalilik davriga 
asoslanib bir yildan ko‘proq xizmat qilishi kutiladi. Biroq korxonalar asosiy 
vositani ishlab chiqarishdagi xissasini tan olishlari uchun ularni foydalilik davri 
tugashini kutishlari shart emas. Aktivning foydalilik davri davomida har hisob 
yilida, korxonalar aktivdan foydalanganliklaridagi iste’molni xarajat deb tan 
olishlari lozim. Bu konseptsiya eskirish deb ataladi. Eskirish shuni bildiradiki , bu 
jarayonda asosiy vositalar tannarxini eskirish kabi uning foydalilk davri ichida 
ratsional va sistematik usulda taqsimlanadi. Eskirish orqali, vositaga bog‘liq 
xarajat jamg‘arilgan daromadga bir hisob davrida moslashtiriladi.
 Eskirish asosiy vosita turlarining 3 tasiga qo‘llaniladi; bino, yerni 
obodonlashtirish va asbob-uskuna, shu bilan birga vositalarning foydaliligi va 
imkoniyatlari ham ularning foydaligi davri mobaynida kamayib boradi. Yer uchun, 
bu odatda cheklanmagan foydalilik davri hisoblanadi,foydasizlik davri esa vaqt 
mobaynida o‘sib boradi, shuning uchun aktivning bu turi uchun eskirish hisoblash 
shart emas.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


380 
 Eskirish buxgalteriya hodisasining bir turi hisoblanadi. Bu hodisa har yili 
hisob davriningoxirida qayd etilishi shart. Bu tushunchani gavdalantirish uchun, 
keling hisob yili korxona uchun 1- yanvarda boshlanadi deb hisoblaylik 
shuningdek hisob yilining oxiri 31-dekabr. Shunday qilib, eskirish uchun hodisa 
har yili 31-dekabrda amalga oshirilishi mumkin. Biroq, korxona aktivni yilning 
o‘rtasidan foydalana boshlasa, shuningdek ular oylik eskirishni hisoblashlari 
lozim. 
Shuningdek eskirish haqidagi ikkita ko‘p uchraydigan tushunmovchiliklarni 
ham to‘g‘irlash muhimdir: 
1. Eskirish bu aktivni baholash jarayoni emas. Aksincha, bu jarayon asosiy 
vosita tannarxini xarajat deb tan olish uchun ularni taqsimlash jarayonidir. 
Shunday qilib aktivni qoldiq qiymati ularni bozor qiymatiga ta’sir qilmaydi. 
2.Aktiv qiymatini eskirish kabi tan olish bu ularni almashtirish uchun 
mablag‘ to‘plash emas aslida, bu mablag‘ sarfini boshqa xarajatlar kabi qamrab 
olmaydi.
71
 
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya 
ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali, biroq ushbu Kodeksda 
belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.
Soliq 
solish 
maqsadlari 
uchun 
amortizatsiyani 
ushbu 
moddada 
belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab 
qo‘yilgan normalar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi.
Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga 
soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda 
qayta hisoblash amalga oshirilmaydi. 
Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar obyektlarini oladigan soliq to‘lovchi 
ushbu asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya normasini mazkur asosiy 
vositalar obyektidan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) 
soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda belgilashga 
71
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil“Fundamentals of business accounting” Oxford university 
Press, 2014; 116 bet. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


381 
haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda amalda foydalanish 
muddati ushbu asosiy vositalarning ushbu moddada tasniflanishi bilan 
belgilanadigan foydalanish muddatiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lovchi 
texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga olgan holda bu asosiy 
vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil ravishda, lekin uch yildan kam 
bo‘lmagan muddatga belgilashga haqlidir. Foydalanishda bo‘lgan asosiy 
vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, 
amortizatsiyani hisoblash yangi asosiy vositalarga bo‘lgani singari amalga 
oshiriladi. 
Asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash 
hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u 
tegishli bo‘lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 
Mulk hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy 
vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi 
schyotlarda amalga oshiriladi: 
0211 «Yerni obodonlashtirishning eskirishi»; 
0212 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni 
obodonlashtirishning eskirishi»; 
0220 «Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»; 
0230 «Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi»; 
0240 «Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»; 
0250 «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»; 
0260 «Transport vositalarining eskirishi»; 
0270 «Ishchi hayvonlarning eskirishi»; 
0280 «Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi»; 
0290 «Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»; 
0299 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning 
eskirishi». 
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy 
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


382 
xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bilan bog‘langan holda olib boriladi. 
Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha 
hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga 
oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» 
schyotining debetida aks ettiradilar. 
Amortizatsiyani hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra 
aniqlanishi va bir hisobot davridan ikkinchi davrga izchillik bilan qo‘llanilishi va 
taqvimiy yil davomida o‘zgarmasligi lozim (5-son BHMSning 43-bandi), korxona 
qayta tashkil etilgan, uning mulkdorlari almashgan, respublika qonun hujjatlarida 
o‘zgarishlar bo‘lgan hollar bundan mustasno.
72
Foydaga soliq solish maqsadlarida Soliq kodeksining 144-moddasida 
keltirilgan amortizatsiya me’yorlari qo‘llanishi kerak.
Hisobot yili davomida asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya 
ajratmalari qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’i nazar (amortizatsiyani 
hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 
miqdorida har oyda hisoblanadi. 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling