Дарслик мбх doc


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

- ajratilgan bo‘linma tomonidan amalga oshirilganda: 
Debet 8910 
24 000 000 so‘m; 
Kredit 6110 
24 000 000 so‘m; 
- sho‘ba va xo‘jalik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilganda: 
Debet 8910 
24 000 000 so‘m; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


374 
Kredit 6120 
24 000 000 so‘m. 
Rezervga ajratmalar me’yori har bir hisobot yili oxirida qayta ko‘rib 
chiqiladi va zarurat bo‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori 
ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 
Agar kapital ta’mirlashga rezerv mablag‘lari summasi ushbu obyektni 
ta’mirlashga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan 
summa bo‘yicha tuzatish (storno qilish) kiritilishi kerak. 
Asosiy vositalar obyektlarini ta’mirlashdan, rekonstruktsiya qilishdan
modernizatsiya qilishdan qabul qilish-topshirishni rasmiylashtirish va hisobga 
olish Asosiy vositalar obyektlarini ta’mirlashdan, rekonstruktsiya qilishdan, 
modernizatsiya qilishdan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-3-son shakl) 
bilan rasmiylashtiriladi. 
Dalolatnoma ikki bo‘limdan iborat. Birinchisida asosiy vositalar obyektlarini 
ta’mirlashga, rekonstruktsiya qilishga, modernizatsiya qilishga berish vaqtidagi 
ma’lumotlar, 
ikkinchisida 
esa 
asosiy 
vositalar 
obyektlarini 
ta’mirlash, 
rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rsatiladi. 
Dalolatnoma asosiy vositalar obyektlarini qabul qilish komissiyasi a’zolari 
yoki qabul qilishga mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi. Agar ta’mirlash boshqa 
korxona tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma ushbu 
korxonaning vakili tomonidan imzolagan bo‘lishi kerak. Agar ta’mirlash 
korxonaning tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda 
dalolatnomaga ta’mirlashni, rekonstruktsiya qilishni, modernizatsiya qilishni 
amalga oshirgan tarkibiy bo‘linmaning vakili o‘zining imzosini qo‘yishi va 
korxona rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan tasdiqlangan 
bo‘lishi kerak. Dalolatnomaning bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, agar ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish, 
modernizatsiya qilish o‘zga korxona tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda 
dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va birinchi nusxa korxonada qoladi, ikkinchi 
nusxa esa ta’mirlashni, rekonstruktsiya qilishni, modernizatsiya qilishni amalga 
oshirgan korxonaga beriladi. Ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


375 
qilish bo‘yicha ma’lumotlar asosiy vositalar obyektlarini hisobga olish kartochkasi 
(AV-6-son shakl)ga kiritiladi. 
Asosiy vositalarni uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlagan va 
qiymatini bir vaqda o‘zgartirishi bilan ishlashi bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari 
amortizatsiya miqdorini aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu miqdor 
asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ularning eskirishi yoki boshlang‘ich 
qiymatini kamayishi miqdorini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, asosiy vositalar qiymati odatda amortizatsiyani hisoblash yo‘li 
bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati 
mobaynida subyekt xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida muntazam 
taqsimlanadi. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat deganda, moliyaviy 
hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda 
ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi tushuniladi. 
Amortizatsiya foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amor-
tizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam 
taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi sifatida 
aniqlanadi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya 
ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan 
oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning 
amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangunga qadar yoxud bu obyektni 
balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. O‘z navbatida agar asosiy 
vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektni 
qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadigan bo‘lsa, u 
holda mazkur obyektlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash ushbu 
obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangan yoki bu obyekt 
balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida 
to‘xtatiladi. 
Asosiy vositalar obyektini foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


376 
ajratmalarini hisoblash to‘xtatilmaydi, uni qonunchilik hujjatlarida belgilangan 
tartibda konservatsiya qilishga o‘tkazish, shuningdek uni butkul to‘xtatish sharti 
bilan obyektni qurib bitkazish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstruktsiya qilish, 
modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish holatlari bundan mustasno
69

Asosiy vositalarning texnik darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi 
aniqlanganda yoki 3 oy mobaynida ulardan ishlab chiqarish maqsadlarida 
foydalanish zarurati bo‘lmaganda - ularga bo‘lgan talab tiklangungacha yoki yangi 
mulkdorga sotish davrida, biroq 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga asosiy 
vositalar konservatsiya qilinishi mumkin. Bunda, aniq bir texnologik majmuaga 
kiradigan va (yoki) tugallangan texnologik jarayonga ega bo‘lgan asosiy vositalar 
obyektlari konservatsiya qilishga o‘tkazilishi mumkin. Buxgalteriya hisobiga qabul 
qilingan foydalanilmayotgan asosiy vositalar obyektlarini konservatsiya qilish 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 
401-son qarori bilan tasdiqlangan «Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, 
qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida»gi 
Nizomda belgilangan. 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling