Дарслик мбх doc


 Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

 
11.5. Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish 
Asosiy vositalar obyektini ishchi holatda saqlab turish ularni ta’mirlash 
(joriy, o‘rtacha va kapital tarzda) vositasida amalga oshiriladi. Joriy ta’mirlash 
deganda, asosiy vositalar obyektini ishchi holatda saqlab turish maqsadida amalga 
oshiriladigan ta’mirlash tushuniladi. O‘rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan 
agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish 
amalga oshiriladi. 
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlashagregatni to‘liq 
ajratib yig‘ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va 
uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash 
hamda agregatni yig‘ish,
sozlash va sinab ko‘rishdir. 
67
Ortiqov X.A va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlarga sharhlar 
to‘plami. – T. “NORMA”, 2010. 310-b. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


370 
Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash – bazaviy va korpus detallari va 
uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruktsiyalarning detallari va uzellarini 
almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. 
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobdan 
chiqarishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin: 
- xarajatlar yuzaga kelishiga qarab - mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga 
yoki davr xarajatlariga bir vaqtni o‘zida (bir marta); 
- asosiy vositalarni ta’mirlash uchun har oyda bir maromda ajratmalar qilish 
yo‘li bilan tashkil etilgan rezervlar hisobidan. 
Usullardan birini tanlanganligi buxgalteriya hisobi hisob siyosatida aks 
ettirilgan bo‘lishi kerak. 
Ta’mirlash xarajatlarini bir marta hisobdan chiqarish asosiy vositalar soni 
unchalik ko‘p bo‘lmagan, amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlarining hajmi muhim 
bo‘lmagan va qoida bo‘yicha ta’mirlash xarajatlari ham katta bo‘lmagan 
korxonalar uchun to‘g‘ri keladi. Xarajatlarni amalga oshirilgan hisobot davrida 
hisobdan chiqarish mumkin. Chunki ular ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish yoki 
xizmat)larni qimmatlashishiga olib kelmaydi. Obyektni ishchi holatda tutib turish 
va undan foydalanishdan kelgusida olinadigan iqtisodiy foydaning belgilangan 
boshlang‘ich summasini olish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar ular daxldor 
bo‘lgan hisobot davridagi xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarishdagi asosiy 
vositalarni ishchi holatda saqlab turishga doir xarajatlar (texnik ko‘rikdan o‘tkazish 
va holatini yaxshilashga oid xarajatlar) hamda ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
obyektlarining barcha turdagi ta’mirlanishini (joriy, o‘rtacha, kapital tarzda) 
o‘tkazish xarajatlari mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga 
kiritiladi, ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha esa - davr xarajatlari tarkibiga 
kiritiladi. 
Asosiy vositalar obyektini ta’mirlashda qilinadigan xarajatlar material 
qiymatliklarini chiqarish (sarflash), mehnat haqini hisoblash, ta’mirlash ishlari 
bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun mol yetkazib beruvchilarga majburiyatlarni va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


371 
boshqa xarajatlar bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olishning tegishli boshlang‘ich 
hisob hujjatlariga asosan aks ettiriladi. 
21-son BHMSga muvofiq asosiy vositalar obyektni ishchi holatda tutib 
turish va undan foydalanishdan kelgusida olinadigan iqtisodiy foydaning 
belgilangan boshlang‘ich summasini olish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar 
korxonaning buxgalteriya hisobida quyidagi shaklda aks ettiriladi: 
- asosiy vositalarini ta’mirlash korxonaning ishchilari tomonidan amalga 
oshirilganda: 
Debet 2010,2510,2310,2710,9410,9420;
Kredit 1010-1090,6710, 6520; 
asosiy vositalarini ta’mirlash korxonaning yordamchi tarkibiy bo‘linmasi 
tomonidan amalga oshirilganda: 
Debet 2010,2510,2310,2700,9410,9420; 
Kredit 2310; 
asosiy vositalarini ta’mirlash pudratchi korxona tomonidan amalga 
oshirilganda: 
Debet 2010,2510,2310,2700,9410,9420; 
Kredit 6010, 6110, 6120, 6990. 
Asosiy vositalar obyektlarini ta’mirlash bo‘yicha kelgusidagi xarajatlarni 
hisobot davrining ishlab chiqarish (davr) xarajatlariga bir maromda qo‘shish 
maqsadida «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq zarurat bo‘lganda, 
ayrim tarmoqlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun 
mablag‘lar rezervini tashkil qilishlari mumkin.
68
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari rezervini shakllantirish to‘g‘risida 
qaror qabul qilish uchun har bir oyda qilinadigan ajratmalarni aniqlashni 
to‘g‘riligini tasdiqlovchi hujjatlardan foydalaniladi. Bunday hujjatlarga, masalan, 
nosozlik (defekt) qaydnomalari (ta’mirlash ishlarini o‘tkazish zarurligini 
68
Ortiqov X.A va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar 
to‘plami. – T. “NORMA”, 2010. 329-b 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


372 
asoslovchi); asosiy vositalar obyektlarini boshlang‘ich qiymati yoki joriy (qayta 
tiklash) qiymati (qayta baholash o‘tkazilgan hollarda); ta’mirlash o‘tkazish 
smetasi; asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari rezerviga ajratmalarini yakuniy 
hisob-kitoblari kiradi. 
Mazkur rezervlarga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» 
elementi tarkibida aks ettiriladi va ko‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda 
asosiy vositalar har bir obyektini kapital ta’mirlashlarning davriyligidan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi. 
Xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir maromda qo‘shish maqsadida 
o‘rnatilgan tartibda rezerv qilingan summalarni holati va harakati to‘g‘risidagi 
axborotlarni umumlashtirish 8900-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari» 
schyotida amalga oshiriladi. 
Kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun rezervlar hisoblash bilan 
bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini quyidagi misolda 
ko‘rib chiqamiz. «Elita» MChJ nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni bir 
maromda taqsimlash maqsadida kapital ta’mirlash ishlari uchun rezerv 
shakllantirishga qaror qildi. Nasosni kapital ta’mirlash ishlarining xarajat smetasi 
24000000 so‘mni tashkil etadi. Mahsulot yetishtirish xarajatlariga kiritiladigan 
nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha rezervga ajratmalarning har oylik summasi 
2000000 so‘mni (24000000/12) tashkil etadi. 
Nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha rezervga ajratmalarning har oylik 
summasi «Elita» MChJ buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
- nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha rezervga ajratmalar summasi 
hisoblanganda: 
Debet 2010 
2 000 000 so‘m; 
Kredit 8910 
2 000 000 so‘m; 
Rezerv summalari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar va 
to‘lovlar rezervni kamaytirishga olib borib hisobdan chiqariladi. 
Rezerv summalari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar va 
to‘lovlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini quyidagi misolda ko‘rib 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


373 
chiqamiz. Nasosni kapital ta’mirlash bo‘yicha oldingi misolni davom ettiramiz. 
Rezerv qilingan summaning barchasi kapital ta’mirlashga ishlatilgan. 
Kapital ta’mirlash kim tomonidan o‘tkazilganligidan kelib chiqib uchta 
holatni ko‘rib chiqamiz. 
1-holat.Kapital ta’mirlash korxonaning ishchilari tomonidan amalga 
oshirilgan. Kapital ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar quyidagilardan iborat: ehtiyot 
qism xarajatlari - 19 800 000 so‘m, yordamchi materiallar - 200000 so‘m, 
ishchilarga ish haqi hisoblash xarajatlari – 3 200 000 so‘m va ishchilarning ish 
haqi fondidan 25 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovga 800 000 so‘m. 
Rezerv summalari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar va 
to‘lovlar «Elita» MChJ buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 8910 
24 000 000 so‘m; 
Kredit 1040 
19 800 000 so‘m; 
Kredit 1090 200 000 so‘m; 
Kredit 6710 3 200 000 so‘m; 
Kredit 6520 800 000 so‘m. 
2-holat.Kapital ta’mirlash korxonaning tarkibiy bo‘linmasi tomonidan 
amalga oshirilganda buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 8910 
24 000 000 so‘m; 
Kredit 2310
24 000 000 so‘m. 
3-holat.Kompressorni kapital ta’mirlash pudratchi korxona tomonidan 
amalga oshirilganda «Elita» MChJbuxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
-pudratchi korxona tomonidan amalga oshirilganda: 
Debet 8910 
24 000 000 so‘m; 
Kredit 6010
24 000 000 so‘m; 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling