Дарслик мбх doc


Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

 
Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash 
Amortizatsiya 
ajratmalari 
yillari 
Amortizatsi- 
lanadigan 
qiymat 
Yillik amortizatsiya summasi 
Jamg‘arilgan 
amortizatsiya 
1-yil 
60 000 000 (5/15 x 60 000 000) = 20 000 000 
20 000 000 
2-yil 
60 000 000 (4/15 x 60 000 000) = 16 000 000 
36 000 000 
3-yil 
60 000 000 (3/15 x 60 000 000) = 12 000 000 
48 000 000 
4-yil 
60 000 000 (2/15 x 60 000 000) = 8000 000 
56 000 000 
5-yil 
60 000 000 (1/15 x 60 000 000) = 4000 000 
60 000 000 
Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining 
yillik summasi asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati ayirilgan holda 
boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan hamda suratida obyektni foydali ishlatish 
muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - obyektni foydali 
ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyaniO‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksining 144-moddasida belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining 
hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan me’yorlar bo‘yicha hisoblashga yo‘l 
qo‘yiladi. Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya 
summasiga soliq solish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasining Soliq 
kodeksining 144-moddasida nazarda tutilgan me’yorlarga zid ravishda qayta 
hisoblash amalga oshirilmaydi. 
 
11.7. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni aks ettirish tartibi 
Asosiy vositalar zarur hollarda bir korxonaning ichida bir tarkibiy 
bo‘linmadan boshqa bir tarkibiy bo‘linmaga o‘tkaziladi, shuningdek har xil 
sabablarga ko‘ra boshqa korxonalarga chiqib ketadi. 
Asosiy vositalar obyektlari korxonaning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida 
o‘zaro biridan ikkinchisiga o‘tkazilishi asosiy vositalar obyektlarining chiqib 
ketishi deb tan olinmaydi va buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, analitik 
hisob kartotekasida inventar kartochkasi obyekt joylashgan tarkibiy bo‘linmadan 
berilgan bo‘linmaga olib qo‘yiladi. Shuningdek asosiy vositalar obyektlarini berish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


387 
bo‘yicha operatsiyalar chiqib ketish deb tan olinmaydigan hollarga quyidagilar 
kiradi:
74
- garovga berish; 
- korxonaning sho‘balariga, vakolatxonalariga, bo‘linmalariga va boshqa 
ajratilgan (yoki ajratilmagan) tarkibiy bo‘linmalariga berish; 
- mulkni 
ishonchli 
boshqarish 
shartnomasiga 
muvofiq 
ishonchli 
boshqaruvchilarga berish; 
- birgalikda amalga oshiriladigan faoliyat shartnomasiga ishtirokchining 
ulushi sifatida kiritish. Ushbu shartnomaga muvofiq operatsiyalar birgalikda 
amalaga oshiriladi va aktivlar birgalikda foydalaniladi; 
- operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berish; 
- korxona rahbariyatining tegishli ko‘rsatmasiga asosan bir tarkibiy 
bo‘linma tomonidan boshqa tarkibiy bo‘linmaga berish; 
- aktivga egalik qilish huquqini bermaslik bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalar. 
Agar asosiy vositalar mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki 
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yohud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni 
amalga oshirishda har doim foydalanilmasa, me’yorlarda belgilangan foydalanish 
muddatidan oldin eskirsa, shuningdek ularni ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish 
maqsadga muvofiq bo‘lmasa va boshqa sabablarga ko‘ra korxona ularni hisobdan 
chiqaradi. 
Chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati balansdan 
chiqariladi. Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansidan chiqariladi: 
- tugatilishi; 
- sotilishi; 
- ayirboshlash (almashtirilishi); 
- bepul (tekinga) berilishi; 
- ustav kapitaliga ta’sischining ulushi ko‘rinishida berilishi; 
74
Ortiqov A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar to‘plami. 
T.: Norma. 2010. 348-b 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


388 
- moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilishi. Asosiy vositalar operativ 
ijara sharnomasi bo‘yicha berilganda asosiy vositalarni balansdan chiqarish amalga 
oshirilmaydi; 
- kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanishi; 
- yuridik shaxs ta’sischilari tarkibidan ta’sischining chiqishida asosiy 
vositalar bilan hisob-kitob qilinishi. 
Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda 
yoki zarar) asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning 
qoldiq (balans) qiymatini, asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Asosiy 
vositalar obyektlarining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) 9210 
«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyotida aniqlanadi. 
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan moliyaviy natijani (foyda yoki 
zararni) aniqlashda oldingi qayta baholashlardan hosil bo‘lgan asosiy vosita 
obyektlari qiymati oshishi summasining qoldig‘i, ya’ni ushbu asosiy vosita 
obyektining qayta baholashlar natijasida bahosining oshgan summasi bahosining 
pasaygan summasidan oshgan qismi asosiy vositalarning chiqib ketishini hisobga 
oluvchi schyotning kreditiga olib borilib, bir vaqtning o‘zida 8510 «Uzoq muddatli 
aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotini kamaytiradi. 
Korxonaning asosiy vositalari qiymatini amaldagi narxlar darajasiga 
muvofiq keltirish maqsadida ularni qayta baholash amalga oshiriladi. 
Asosiy vositalarni qayta baholash deganda asosiy vositalar obyektlarining 
tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-
vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. Amaliyotda asosiy vositalarning 
boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bo‘yicha qayta 
baholanishi (shu jumladan vaqti-vaqti bilan) mumkin.
75
Asosiy vositalarning to‘liq tiklash qiymati, tashkilotning xohishiga qarab, 
alohida obyektlar qiymatini baholanayotgan obyektlarga aynan o‘xshash yangi 
75
Ortiqov A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar to‘plami. 
T.: Norma. 2010. 298-b 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


389 
obyektlarga doir hujjatlarga asoslanib tasdiqlangan va qayta baholash 
o‘tkazilayotgan yilning 1-yanvar sanasida shakllangan bozor narxlari bo‘yicha 
to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta hisoblash yo‘li bilan (to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta baholash 
usuli) yoki asosiy fondlar turi bo‘yicha va ularning xarid qilinganlik davriga 
bog‘liq bo‘lgan asosiy fondlar qiymati o‘zgarishining tabaqalashtirilgan 
indekslarini qo‘llagan holda alohida obyektlarning dastlabki (tiklash) qiymatini 
indekslash yo‘li bilan (indeks usuli) asosiy vositalarning to‘liq tiklash qiymati 
belgilanadi. 
Indekslash yo‘li bilan asosiy vositalarni qayta baholashda, buxgalteriya 
hisobida qayta baholashni o‘tkazish sanasidagi holat bo‘yicha qayd etilgan asosiy 
vositalar (shu jumladan ularga doir eskirish to‘la hisoblab yozilgan obyektlar)ning 
eskirish summasi ularni tiklanish qiymatiga qayta hisoblashda asosiy vositalar 
qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga ko‘paytirilishi kerak. Asosiy 
vositalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta baholash usuli bilan qayta baholashda 
buxgalteriya hisobida qayd etilgan eskirish summasi qayta baholashdan keyingi 
tiklanish qiymatining qayta baholashgacha bo‘lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab 
chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsiyenti bo‘yicha indekslanishi kerak. 
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar obyektini qo‘shimcha baholash 
summasi rezerv kapitali tarkibidagi 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta 
baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotiga hisobga kiritiladi. Qayta baholash 
natijasida asosiy vositalar obyekti narxining arzonlashgan (kamaygan) summasi 
avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan ushbu obyektni qo‘shimcha baholash 
summalari doirasida 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar» schyotiga rezerv kapitalining kamayishiga kiritiladi. 
Asosiy vosita bo‘yicha avvalgi qayta baholash (qo‘shimcha baholash) 
summasidan oshgan narxini arzonlashgan (kamaygan) summasi xarajat sifatida tan 
olinadi va 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. 
Asosiy vositalarni buzish va qismlarga ajratish natijasida olingan va boshqa 
asosiy vositalarni ta’mirlashga yaroqli bo‘lgan qismlar, detallar, materiallar, rangli 
va qimmatbaho metallar tegishli schyotlarga kirim qilinadi va ular asosiy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


390 
vositalarni tugatish komissiyasi o‘rnatgan foydalanish mumkin bo‘lgan baholarda 
hisobga olinadi. Yaroqsiz deb topilgan qismlar, detallar, materiallar, rangli va 
qimmatbaho metallar ikkilamchi xomashyo (metallolom, chiqindi, o‘tin va hokazo) 
sifatida kirim qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda korxona yoki 
tashkilotning xohishi bo‘yicha foydalaniladi. 
Asosiy vositalarning sotilishi munosabati bilan chiqib ketishi buxgalteriya 
hisobida O‘zR AV tomonidan 2004-yil 29-avgustda 1401-son bilan ro‘yxatga 
olingan «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida»gi 
nizom va 21-son BHMSga muvofiq aks ettiriladi. 
Asosiy vositalar obyektlari qiymatini hisobdan chiqarish buxgalteriya 
hisobida 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. 
Bunda yozuvlar yoyilgan tarzda amalga oshiriladi: 
- 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag‘ining debetida 
asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqda hisobga olinadigan obyektning 
boshlang‘ich qiymati, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan xarajatlar aks ettiriladi. Dastlab ular yordamchi ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqda jamlanishi mumkin;
- 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag‘i kreditida - 
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi, asosiy vositalar obyektlarini 
sotishdan tushgan tushum summasi aks ettiriladi. 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling