Дарслик мбх doc
Kompyuterga amortizatsiya hisoblash jadvali
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
Kompyuterga amortizatsiya hisoblash jadvali so‘m Yil oxiri Boshlang‘ich qiymati Yillik amortizatsiya Jamlangan eskirishi Qoldiq qiymati summa D-t K-t 1 2680000 520000 9420 0250 520000 2160000 2 2680000 520000 9420 0250 1040000 1640000 3 2680000 520000 9420 0250 1560000 1120000 4 2680000 520000 9420 0250 2080000 600000 5 2680000 520000 9420 0250 2600000 80000 Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalar obyektining mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. Mazkur usul bo‘yicha har yillik amortizatsiya hajmini hisob-kitob qilish uchun butun foydali ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig‘indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlab PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 384 chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, o‘tib bo‘lingan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin. Misol. «Elita» MChJ «Matiz»yengil avtomobilini xarid qildi. Uning kutilayotgan umumiy bosib o‘tadigan yo‘li 500000 km, boshlang‘ich qiymati 25000000 so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 3000000 so‘mni tashkil etadi. Hisobot davrida 10000 km yo‘l bosishi kerak. Hisob siyosatida amortizatsiya ishlab chiqarish usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. Oldin amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlaymiz. Amortizatsiyalanadigan qiymat 22000000 so‘m (25000000 so‘m - 3000000 so‘m)dan iborat. Keyin bajarilgan ish hajmining bir birligi, ya’ni har bir kilometrga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya summasini aniqlaymiz. Har bir kilometrga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya summasi 44 so‘m (22000000so‘m/ 500000 km)ni tashkil etadi. Hisobot davrida amortizatsiya ajratmasi summasi 440 000 so‘mga teng: 10 000 km x 44 so‘m. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktiv qiymatining kamayishini anglatadi. Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar obyektining qoldiq qiymatidan va mazkur obyektni foydali ishlatish muddatiga bog‘liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 385 chiqqan holda aniqlanadi. Misol. «Elita» MChJ kesuvchi dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich qiymati 52000 ming so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 2000000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Hisob siyosatida amortizatsiya ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. Bunda to‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya me’yori har bir yil uchun 20 % (100 %/5)ni tashkil etadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiya me’yori 40 % (2 x 20 %)ga teng bo‘ladi. Ushbu qat’i belgilangan 40 % stavka hisobot yili boshidagi balans qiymatiga nisbatan foydalaniladi. Foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya ajratmasining yillik summasi dastgohni buxgalteriya hisobiga qabul qilinganda shakllangan boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqib 20800000 so‘m (52000000 so‘m x 40 %/100) qilib aniqlanadi. Foydalanishning ikkinchi yilida amortizatsiya 40 foiz miqdorda yil boshidagi qoldiq qiymatidan, ya’ni obyektning boshlang‘ich qiymati va birinchi yil uchun hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farqdan hisoblanadi va 12480000 so‘m (52000000 - 20800000 so‘m) x 40 % / 100)ni tashkil etadi hamda keyingi yillar uchun shu zaylda davom ettiriladi. Yillar summasi usuli (kumulyativ usul) Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) muvofiq har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Misol. «Elita» MChJ bo‘yoq quyish dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich qiymati 60 000 000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Masalan, hisob siyosatida amortizatsiya yillar summasi usuli (kumulyativ usuli)ni qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling