Дарслик мбх doc


 Asosiy vositalar kirimini hisobga olish


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

11.3. Asosiy vositalar kirimini hisobga olish 
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun bir qator 
hisobvaraqlar ochilgan bo‘lib, ularni 1-jadval asosida ko‘rib chiqamiz. 
Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar 
Schyot 
№ 
Schyot nomi 
Schyot 
turi 
0110 
Yer 

0111 
Yerni obodonlashtirish 

0112 
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy 
vositalarni o‘zlashtirish 

0120 
Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar 

0130 
Mashina va jihozlar 

0140 
Mebel va ofis jihozlari 

0150 
Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi 

0160 
Transport vositalari 

0170 
Ish hayvonlari va mahsuldor hayvonlar 

0180 
Ko‘p yillik ekinlar 

0190 
Boshqa asosiy vositalar 

0199 
Konservatsiya qilingan asosiy vositalar 

Ushbu hisobvaraqlar aktiv bo‘lib, ularning debet tomonidagi saldo xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarda mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks 
ettiradi. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debet tomonida 
ularning ko‘payishi, kredit tomonida esa kamayishi o‘z ifodasini topadi. 
Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish 
darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlariga, samaradorlik 
ko‘rsatkichlariga, dinamikasi va holatiga baho beriladi. 
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes rejasiga 
yoki o‘tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi. 
Shuningdek, asosiy vositalarning tarkibi bo‘yicha, turi bo‘yicha 
o‘zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat 
ko‘rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi. Bu orqali bevosita asosiy vositalarning 
eskirish darajasi, yaroqlilik darajasi, kirimi va chiqimi ko‘rsatkichlariga baho 
beriladi. 
Asosiy vositalarning unumini o‘rganish asosida mahsulot ishlab chiqarishda 
ularning samaradorlik ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Asosiy vositalarning 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


358 
samaradorlik ko‘rsatkichlarini omilli tahlil asosida mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini yoki fondlar samarasini oshirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning 
mavjudligi o‘rganiladi va tahlil yakunida korxonada asosiy fondlardan 
foydalanishga va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan muhim iqtisodiy
yo‘nalishlar belgilanadi. Korxonaning asosiy vositalari, ularning holati, harakati va 
samarasiga iqtisodiy tashxis beriladi. 
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda ular boshlang‘ich qiymat 
bo‘yicha 
baholanadi. 
Bunda 
boshlag‘ich 
qiymat 
bo‘lib 
to‘langan 
va 
qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal 
bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 
yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa 
xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib 
bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati 
tushuniladi. 
Amaliyotda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ularning kelib tushish 
manbaidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalar korxonaga kelib tushishi 
manbai bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
63
- kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng qurilgan obyektni qabul qilish-
topshirish; 
- oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish; 
- ustav kapitaliga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushishi; 
- ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-
mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa 
tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan 
kelib tushishi; 
- tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha); 
- ayirboshlash; 
- tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish; 
- moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish; 
63
OrtiqovX.A. va boshqalar.O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar 
to‘plami. Toshkent, “NORMA”, 2010y. 267-bet. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


359 
- qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar; 
- asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash. 
Korxona tomonidan asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq tegishli 
xarajatlar amalga oshirilgan hollarda ularning boshlang‘ich qiymati shu xarajatlar 
summasiga ko‘payadi. 
Xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
- asosiy vositalar obyektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati 
bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va boshqa 
shunga o‘xshash to‘lovlar; 
- bojxona bojlari va yig‘imlari; 
- asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar 
va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); 
- asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) bilan bog‘liq axborot va 
maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar; 
- asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini 
sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; 
- asosiy vositalar obyektini olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haqlar; 
- asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid 
xarajatlar; 
- aktivdan foydalanish maqsadi bo‘yicha uni ishchi holatga keltirish bilan 
bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, xarid qilingan asosiy vositalarga haq 
to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (bank xizmatlari), asosiy vositalarni xarid qilish 
bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq 
xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa 
xarajatlar asosiy vositalarning boshlag‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir 
bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi. 
Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan 
muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa 
qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni 
bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


360 
to‘lash majburiyatini oladi. 
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni, inshootni yoki boshqa 
obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash, ishga 
tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni 
bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino va inshootlarni 
kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda buyurtmachi va 
pudratchi tomonidan tuzilgan shartnomaning tomonlarning munosabatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 37-bobi «Pudrat» bilan tartibga 
solinadi. 
Misol. «Elita» MChJ xo‘jalik usuli bilan ishlab chiqarish tsexini quradi. 
Obyektning smeta qiymati 72000 ming so‘m, qurilish muddati 15 oy. Qurilish 
materiallarini xarid qilish uchun korxona tomonidan 18 oyga 30000 ming so‘m 
summada kredit rasmiylashtirildi. Shartnomaga ko‘ra asosiy qarz kredit olingan 
oydan keyingi oydan boshlab qaytarib boriladi. Kreditdan foydalanganlik uchun 
korxona 6800 ming so‘m summada foizlarni to‘lashi lozim bo‘ladi, ulardan 1200 
ming so‘m - qurilish tugallangandan keyin to‘lanadigan foizlar. 
Ishlab chiqarish tsexining boshlang‘ich qiymatiga kreditdan faqat qurilish 
davridagina foydalanganlik uchun hisoblangan foizlar - 5600 ming so‘m (6800 - 1 
200) kiritiladi. 1200 ming so‘m summa moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar 
tarkibida aks ettiriladi (provodkalarda aks etishi 2-jadvalga qarang). 
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf 
(sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni 
qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash 
majburiyatini oladi. 
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga 
olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning 
boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi. 
Haq to‘lash yo‘li bilan xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich 
qiymati shakllanishi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini misolda 
ko‘rib o‘tamiz. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


361 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling