Дарслик мбх doc


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

 
 
 Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi 
 
 
 
 
Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi
59
 
 
Uzatuvchi moslamalar sifatida mashina-dvigateldan ish mashinalariga 
elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon 
59
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 818-page 
Asosiy vositalar 
Mashina va asbob-
uskunalar 
Bino, inshootlar va 
uzatuvchi moslamalar 
Yer va yerni 
obodonlash- 
tirish uchun kapital 
sarflar 
Transport vositalari 
Kompyuter va 
hisoblash texnikasi 
Boshqa asosiy 
vositalar 
Ko‘p yillik 
daraxtlar 
Ishchi va mahsuldor 
hayvonlar 
Mebel va ofis 
jihozlari 
Konservatsiyalangan asosiy vositalar 
Asosiy vositalar 
Bino va 
inshootlar 
Uskuna va 
jihozlar 
Yer 
uchaskalarii 
Transport 
vositalari 
Asbob, uskuna 
va jihozlar 
Kompyuter va hisoblash 
texnikasi 
Boshqa asosiy 
vositalar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan,
energiya va axborotlarni yetkazishda tugallangan funktsional qurilmalar (elektr
uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) tan
olinadi.
Mashina va uskunalar o‘z navbatida, kuch mashina va uskunalari, ish
mashina va uskunalari, o‘lchov va rostlash asboblari, kompyuterlar va hisoblash
texnikalari hamda boshqa mashina va uskunalar guruhlaridan tarkib topadi.
Kuch mashina va uskunalari sifatida elektr va issiqlik quvvatlarini ishlab
chiqaradigan yoki turli ko‘rinishdagi quvvat (energiya)ni mexanik harakat
quvvatiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar
(qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)
hisobda aks ettiriladi.
Ish mashinalari va uskunalari ishlov beriladigan mehnat buyumlari va
vositalariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ta’sir
ko‘rsatishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish,
tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (dastgohlar, tsex uskunalari,
kompressorlar, nasoslar, elektr va gaz payvandlagichlar, apparatlar, agregatlar)dir.
O‘lchov va rostlash asboblari foydalaniladigan texnik ishlardagi turli
parametr (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish,
xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi,
shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar,
mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi.
Mebel va ofis jixozlari - idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur
bo‘lgan idoragi divan, kravat va boshqalardir.
Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron
hisoblash 
mashinalarida 
qayta 
ishlash, 
saqlash, 
uzatish, 
o‘zgartirishga
mo‘ljallangan vositalar bo‘lib, ular kompyuterlar, printerlar, nusxa ko‘chirish
vositalari, yozuv mashinalari va boshqa kompyuter vositalari hisoblanadi;
Transport vositalari - kishilarni hamda yuklarni va turli maqsadlardagi
buyumlarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari: temir yo‘l, suv, havo


transporti harakati tarkibi, shahar transporti harakati tarkibi (metropoliten
vagonlari, tramvay), avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur
yo‘llaridir.
Ishchi hayvonlarga har bir yetilgan ot, ho‘kiz, tuya, bug‘ular, mahsuldor
hayvonlarga esa sigir, buqa, qo‘y, qo‘chqor, echki, cho‘chqa kabilar kiritilib, har
biri alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan
qat’i nazar ekilgan daraxtlar guruhi hisoblanib, ular ikkiga: mevali va manzarali
daraxtlarga guruhlanadi .
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona fondlari, musiqa asboblari, sport
inventarlari va boshqalar kiradi.
Konservatsiyalangan asosiy vositalar - hukumat idoralarining qarorlari
asosida zaxiraga o‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy vositalar. Qurilishi
tugallanmagan 
obyektlarni 
va 
asosiy 
fondlarni 
konservatsiyalash 
va
konservatsiyalashdan chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 397-son maxsus qarori bilan tasdiqlangan.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo‘linadi. Ishlab
chiqarish asosiy vositalari bo‘lib ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha
subyektning ustavida belgilangan vazifalarni bajarishda ko‘p marotaba
ishlatiladigan mulkning bir qismi hisoblanadi.
«Ishlab chiqarish» atamasining ishlatilishi ushbu guruh aktivlarsiz tijorat va
notijorat korxonalari uchun har qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki
xizmatlarni ko‘rsatishning umuman imkoniyati yo‘qligi holatini tasdiqlaydi.
Noishlab chiqarish asosiy vositalari deganda tarmoqlarning noishlab chiqarish
sohalari (uy-joy-kommunal xo‘jaliklarida, maktabgacha bolalar, tibbiyot,
sog‘lomlashtirish, madaniyat muassasalari va hokazolar)da foydalaniladigan
aktivlar guruhlari tushuniladi.
Obyektlardan foydalanish darajasiga muvofiq ishlab chiqarish va xo‘jalik
faoliyatida asosiy vositalar turkumlarga ajratilishini quyidagi rasm orqali ko‘rib
chiqamiz.


353 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling