Дарслик мбх doc
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy
aktivlar kiritiladi: a) xizmat qilish muddati - uzoq vaqt b) korxonaga daromad keltirishda ishtirok etishi 58 Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ish faoliyati davomiyligini ta’minlashda 57 O‘zR 5-son BHMS “Asosiy vositalar” O‘zR AV 20.01.2004 y. 1299-son bilan ro‘yhatga olingan. 4-band, 1-qismi 58 Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 818-page muhim o‘rin tutuvchi asosiy vositalarni yuritish bo‘yicha ham standartlar qabul qilingan. Bu «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMS bo‘lib, u korxona, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalarni hisobga olish tartibini belgilab beradi. Ushbu standartning maqsadi xo‘jalik subyektiga mulkiy, xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni hisobga olish uslublarini belgilashdan iboratdir. Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi va ular to‘g‘risidagi axbortlarni moliyaviy hisobotlarda ochib berish respublikamizda quyidagi me’yoriy-huquyiy hujjatlar bilan tartibga solinadi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktabrdagi 114- son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 20-yanvarda 1299-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 5) «Asosiy vositalar»; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 16-avgustdagi 101- son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 29-avgustda 1401-son bilan ro‘yxatga olingan «Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida»gi nizom; 2002-yil 29-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 4-son, Moliya vazirligining 129-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2002-86-son qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 4-dekabrda 1192-son bilan ro‘yxatga olingan «Asosiy fondlarni har yili 1-yanvar holatiga qayta baholash o‘tkazishning tartibi to‘g‘risida»gi nizom. Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosiy vositalar buxgalteriya hisobi uslubiyatini u yoki bu faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan holda tartibga soladi. Yuqorida sanab o‘tilgan me’yoriy huquqiy hujjatlarda uzoq muddatli (kapital) mulklarni asosiy vositalar tarkibi kiritish mezonlari, boshlang‘ich qiymatning shakllanishi va keyinchalik o‘zgartirish tartibi belgilab berilgan. Shuningdek foydali ishlatish muddatini aniqlash tartibi, amortizatsiya hisoblash usullari, asosiy vositalarni qayta tiklash bo‘yicha kapital va joriy xarajatlarni tan olish tartibi, 347 asosiy vositalarni chiqib ketishi hisobi, moliyaviy hisoblarda hisob axborotlarini ochib berish qoidalari batafsil ko‘rib o‘tilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan tashqari asosiy vositalarni alohida xo‘jalik operatsiyalarida va faoliyat turlarida hisobga olishda va asosiy vositalarni hisobotlarda aks ettirish uchun quyidagilardan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi: - O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi; - «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom deb yuritiladi); - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19- oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 19) «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish»; - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 21) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma» va boshqa buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar. Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish muhim yo‘nalishlari bo‘lib PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 348 hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib asosiy vositalarni buxgalteriya hisobining vazifalari qilib quyidagilarni aytib o‘tish mumkin: - asosiy vositalar hisobini O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni, buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish va yuritish; - aktivlarni asosiy vositalar sifatida qabul qilish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni shakllantirish; - asosiy vositalarni kelib tushishi, ularning korxona ichida har xil tarkibiy bo‘linmalar (filiallar) bo‘yicha harakatini ishonchli va o‘z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish; - asosiy vositalar obyektlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish uchun ajratilgan mablag‘lardan oqilona foydalanishni nazorat qilish; - amortizatsiyani to‘g‘ri hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish; - eskirgan, xo‘jalik uchun ortiqcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; - hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash hamda hisobda aks ettirish; - asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq (texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ishchi holatida saqlash va boshqa) haqiqiy xarajatlarni aniqlash; - buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarni saqlanishini nazoratini ta’minlash; - ijara munosabatidagi asosiy vositalar bo‘yicha ijara to‘lovlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish va to‘lov amalga oshirilishini nazorat qilish; - moliyaviy hisobotlarda ochib berish kerak bo‘lgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni olish. Moliyaviy hisobotda asosiy vositalarga tegishli quyidagi axborotlar ochib berilishi lozim: a) asosiy vositalarning harakatini: kiritilishi, chiqib ketishi, boshlang‘ich PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 349 qiymatning o‘zgarishi, o‘zgarish sabablarini hisobga olgan holda ularning har bir turi bo‘yicha hisobot davrining boshidagi va oxiridagi boshlang‘ich (tiklash) qiymati; b) asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda: amortizatsiyani hisoblashning foydalaniladigan usuli, amortizatsiyalanadigan asosiy vositalarning hisobot davri boshidagi va oxiridagi boshlang‘ich yoki joriy qiymati, hisobot davri boshidagi va oxiridagi jamlangan amortizatsiya summasi; c) qayta baholashni o‘tkazishda: asosiy vositalar har bir turining hisobot davri boshidagi va oxiridagi joriy qiymati, qayta baholashni o‘tkazishning asoslanganligi va davriyligi, qayta baholashni o‘tkazish sanasi, qayta baholashni o‘tkazish usuli. Download 356.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling