Sillabus - bu o‘zida o‘rganilayotgan fanning tavsifi, maqsadi va mazmuni, mavzularni qisqacha mazmuni, har bir mashg‘ulotning davomiyligi, mustaqil ta’lim topshirig‘i, maslahatlar vaqti, o‘qituvchining talablari, baholash mezoni va asosiy hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ifoda etuvchi o‘quv-uslubiy dastur.
Strategiya — tashkilot, sohalar, hududlar, mamlakat, millat taqdiri uchun jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan, aniq belgilangan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan asosiy harakatlarning uzoq, muddatli dasturi.
Taktika — bosh maqsad yo’lida xususiy, orqali masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan harakatlarni tashkil qilish usuli.
Tarbiya - 1. Ta’lim berib katta qilish, voyaga etkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amxo’rlik. 2. Ish-hunar, odob-axloq o’rgatishga va umuman kishining g’oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi. 3. Parvarish, qarov: 1) tarbiyalab katta qilmoq, voyaga etkazmoq, o’stirmoq, ulg’aytirmoq; 2) ilm-hunar bermoq, odob-axloq o’rgatmoq, tarbiyalab biror xislat- fazilatni singdirmoq; 3) parvarish qilmoq.
Ta’lim dasturi - o’quv fanlarining bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro’yxati.
Ta’lim menejeri — ta’lim muassasasini zamonaviy menejment qonunlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.
Ta’lim metodi — o’qituvchining ta’lim oluvchilar bilan muntazam qo’llay digan, ta’lim oluvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli.
Ta’lim sifatini nazorat qilish-o’qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiligini tekshirish.
Texnologiya — biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llanadigan yo’llar, usullar majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |