Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori - oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro’yxati.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti - ta’limning bakalavriat muayyan yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo’yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyorgarligining zaruriy va etarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan me’yoriy hujjat.
Pedagogika - ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy masalalarini o’rganuvchi fan bo’lib, u barkamol insonni voyaga etkazish maqsadlariga xizmat qiladi.
Pertseptiv qobiliyat - ta’lim oluvchining ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat.
Pedagogik texnologiya — eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifi: barkamol insonni shakllantirish faoliyati.
Pedagogik texnologiya — axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni ochish hamda axborotlar orasidagi yangi bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayoni.
Pedagogik texnologiya — ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yiindisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-usubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya — bu o’z oldiga ta’lim sha.k11a.rini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini
texnikaviy va inson resurslarini va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya — ma’lumotlarni o’zlashtirishni ta’minlash uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |