Shifrlash tizimlari va ulardan foydalanish. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1111630
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-AMALIY(ТАТ)



AMALIY MASHG’ULOT № 15 
SHIFRLASH TIZIMLARI VA ULARDAN FOYDALANISH. YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI 
PORTALIDAN FOYDALANISH. 
Mashgʻulot rejasi: 
1. Shifrlash tizimlari va ulardan foydalanish.
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish. 
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7 
 
Ishdan maqsad: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini amalda qo‘llash. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari
interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish. Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalini tahlil qilish. Uning resurslari, faoliyat 
maqsadlari, kommunal xizmatlarini yagona oyna ko‘rinishida interaktiv xizmatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. 
  
Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchi my.gov.uz portali, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ID.uz yagona 
identifikatsiya tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi xamda interaktiv xizmatlar orqali davlat tashkilotiga murojaat etishi 
lozim. Tinglovchi e-kommunal.uz, ya’ni Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalidan ID.uz yagona identifikatsiya tizim 
orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi xamda elektron xisoblagichlarni profilga kiritib onlayn to‘lovni amalga oshirishi lozim. 
Shifr yoki kriptotizim ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi. Haqiqiy shifrlanmagan ma’lumot ochiq matn deb atalib, 
shifrlashning natijasi shifrmatn deb ataladi. Haqiqiy ma’lumotni qayta tiklash uchun shifrmatnni deshifrlash zarur 
bo‘ladi. Kalit kriptotizimni shifrlash va deshifrlash uchun sozlashda foydalaniladi. Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi 
rasmda keltirilgan. 
Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi. 
Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo‘llaniladi. 
Kodlashtirish deb, axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha 
o‘tkazish jarayoniga aytiladi. 
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan 
matnni yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish usuliga aytiladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling