Darslik Mutaxassisliklar


Download 1.4 Mb.
bet37/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Muammoli ma’ruzadan ko‘zlangan maqsad o‘quv jarayonini yanada
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, mustaqilligini rivojlantirish, o‘qitishning eng samarali shakl va metodlaridan foydalanishdir.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ma’ruzaning yangi shakli hisoblangan elektron ma’ruzalar qo‘llanilmoqda.
Elektron ma’ruza - elektron shakldagi o‘quv materiallarining majmuasi bo‘lib, ma’ruza matni, didaktik materiallar, qo‘shimcha ma’lumotlar, interfaol harakatlar va giperhavolalarni o‘zida mujassalashtirgan multimedili tizim. Oliy ta’limda elektron ko‘rinishdagi ma’ruzalar uchun quyidagi ko‘rinish va struktura tavsiya etiladi: ma’ruza mavzusi; ma’ruzaning asosiy mazmunini yorituvchi qisqacha annotatsiya; mantiqan tugallangan bo‘limlar, mavzular uchun ma’ruza rejasi; nazariy ma’lumotlarni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati; ma’ruzani yakunlovchi xulosa rejasi va xulosalar. Elektron shakldagi ma’ruza matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari: ma’ruza mazmuni aniq tuzilishga ega; o‘quv materiallari bloklarga ajratilgan; gipermatnli havolalar mavjud; o‘quv materialini to‘ldiruvchi vositalar, ya’ni ovoz, animatsiya, grafikalardan foydalaniladi.
Elektron shakldagi ma’ruza matnlari asosan uch xil shaklda bo‘lishi mumkin:
On-Line ko‘rinishidagi elektron ma’ruza;
Of-Line ko‘rinishidagi elektron ma’ruza;
Bosma nashr ko‘rinishidagi ma’ruza matnining elektron nusxasi.
On-Line ko‘rinishidagi elektron ma’ruza - Internet tarmog‘i orqali elektron ma’ruzalarning barcha imkoniyatlarini saqlagan holda 50 Kb fayldan iborat hajmni egallab talabalarga yetkazib beriladi. Of-Line ko‘rinishidagi elektron ma’ruza - keys texnologiya tizimida foydalanish uchun mo‘ljallangan, fayl o‘lchovi inobatga olinmaydi.
Shuningdek, o‘qitish amaliyotida bir necha ma’ruzachilar ishtirokidagi ma’ruzalar, ya’ni har bir ma’ruzachi o‘z pozitsiyasiga (ma’ruzachi, ekspert, tanqidchi, mavzu bo‘yicha muammo tashlovchi va b.) ega bo‘lgan ma’ruzalar ham keng qo‘llaniladi.
Multimediali elektron ma’ruzalarda slaydlar namoyishi ko‘zda tutiladi. Ma’ruzachi slayd yordamida taqdimotda yangi mavzuning talabalar tushunishlari qiyinroq bo‘lgan ba’zi bilimlarni ravon va vizual tarzda bayon qilishi mumkin.
Maxsus fanlarning maqsad va vazifalari, ta’lim oluvchilarning talab hamda ehtiyojlari, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillari kabilarga ko’ra ma’ruza mashg‘ulotlariga quyidagi didaktik talablar qo’yilishi lozim:
S ma’ruza tuzulmasini fan-texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining so’nggi yutuqlari, ilg’or pedagogik tajribalardan imkon qadar foydalanish, ta’lim - tarbiya qonuniyatlariga asoslanib maqbullashtirish;
S har bir ma’ruzaning ta’lim-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasini aniq belgilab olish;
S ma’ruzada barcha didaktik tamoyillarning maqbul nisbatini ta’minlash;
S ta’lim oluvchilarning qiziqishi, ehtiyojlari, moyilligini hisobga olgan holda yuqori samarali o’quv-bilish faoliyati uchun shart-sharoit yaratish;
S o’quv materialini mukammal o’zlashtirilishi uchun fanlararo aloqadorlikka amal qilish;
S ta’lim oluvchilar tomonidan ilgari o’zlashtirilgan bilimlar va ularning hayotiy tajribalariga tayangan holda ish ko’rish;
S ta’lim oluvchilarning barcha ijobiy jihatlarini rag’batlantirish, o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish yo’li bilan rivojlantirishga erishish;
S ta’lim jarayoni ishtirokchilari bilan tezkor-teskari aloqani ta’minlash, ta’sirchan boshqaruv mexanizmini ishlatish;
S ma’ruzaning barcha bosqichlarida mantiqiy va his-tuyg’ularga asoslanish;
S didaktik materiallar va axborot vositalaridan samarali foydalanish;
S nazariy materialni amaliyot bilan uzviy bog’lab o’rganishga amal qilish;
S zarur bilim, ish-harakat, oqilona fikrlash va amaliy faoliyat ko’rsatish usullarini tarkib toptirish;
S ta’lim oluvchilarda uzluksiz ravishda o’qib-o’rganish, o’z bilimi va kasbiy mahoratini oshira borish malakasini shakllantirish;

  • ma’ruzalarni mukammal rejalashtirish natijalarini oldindan bashorat etish va

tashxislash.

  1. Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlari va ularni o‘tkazish metodikasi.

Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlarni mazmuni va tashkil etish xarakteriga ko’ra qo’yidagi turlarga ajratiladi. Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlarni ularning xarakteri jihatidan miqdoriy (miqdorga bog’liq bo’lgan) va sifatiy (sifatga bog’liq bo’lgan) ishlarga bo’lish mumkin.
Miqdoriy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar aniq o’lchashlar, hisoblab chiqarishlar, hisoblar bilan bog’liq. Ularning natijalari tekshirilayotgan ob’ekt yoki hodisalardagi miqdoriy bog’lanishlarni ochib beruvchi muayyan kattalik bilan ifodalanadi. Miqdoriy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la oladi: maydalangan tuproqning sifat ko’rsatkichlarin aniqlash; ekish mashinalarida urug’ sarfini aniqlash; kultivator ishchi organlarini sozlash va hokazo.
Sifatiy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar davomida talabalar xulosalar qiladilar, qonuniyatlarni aniqlaydilar, bilimlarini chuqurlashtiradilar; ularda zarur ko’nikmalar hosil bo’ladi. Sifatiy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la oladi: metallarni cho’zilashga sinash; bajariladigan ishniig turiga qarab keskichlar tanlash; har xil dastgohlar va mashinalarning tuzilishini o’rganish va xokazo.
Maxsus fanlardan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari frontal va nofrontal o’tkazilishi mumkin.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling