rasm. Darsning maqsadlari. Darsning ta’limiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
yangi tushunchalarni shakllantirish;
yangi qonun, qonuniyat, xususiyat va belgilarni uzlashtirishni ta’minlash;
yangi harakat usullarini o’rgatish;
bilimlardagi etishmovchiliklarni bartaraf etish;
bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish;
malakalarni shakllantirish;
ma’lum harakat usullarini mustahkamlash;
tushunchalar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash bo’yicha talabalarda biror narsa to’g’risida tushunchalarni shakllantirish;
dunyoqarash g’oyalari va muammolarini aniqlash;
talabalarda u yoki bu harakatni, voqealarni baholash bo’yicha bilimlarni shakllantirish;
xulosa chiqarishga tayyorlash, o’zlashtirishga erishish.
Darsning tarbiyaviy maqsadlari talabalarda quyidagi muayyan shaxs sifatlari va xarakterini tarkib toptirishdan iborat:
dunyoqarashni va kasbga qiziqishni;
o’z-o’zini tekshirish va o’zaro yordamni;
voqeliklar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash va tahlil qilish ko’nikmalarini;
bir sohadan ikkinchi sohaga bilimlarni ko’chirish ko’nikmalarini;
fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish ko’nikmalarini;
nutq madaniyatini;
vatanparvarlikni;
mehnatga ongli munosabatni;
ongli intizom va yaxshi xulqni;
ta’lim olishga ijobiy munosabatni;
estetik qarashlarni;
ish o’rnini tashkil etish va o’z faoliyatini tekshirishni;
e’tiqodni.
Do'stlaringiz bilan baham: |