Darslik Mutaxassisliklar
IY-BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISh ShAKLLARINING UMUMIY
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish shakllari.
IY-BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISh ShAKLLARINING UMUMIY
TAVSIFI Tayanch so‘z va iboralar: Ta’lim shakllari, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, dars, ekskursiya darsi, o’quv ustaxonasida o’qitish, ta’lim metodlari, og’zaki metodlar, ma’ruza, hikoya, bahs-munozara, amaliy metodlar, ko’rgazmali metodlar, ta’lim metodlarini tanlash, interfaol metodlar. Oliy ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish shakllari. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga maxsus fanlardan ta’lim jarayoni turli shakllarda tashkil etiladi. Ta'limni tashkil etish shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi xosdir. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar)ning ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi. Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini tuzilish tarkibi tushuniladi. Talimni u yoki bu shaklini tanlashda, talabalarni kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning mutloq maqsadi va yaqin vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan asosiy faktor (ko’rsatkich)larini u yoki bu shakllariga bog’liq. Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish jarayonida ta’limning tashkiliy shakllari turlicha bo’lgan. Qadimgi paytlarda yakka tartibda o’qitish usuli keng tarqalgan bo’lib, ma’lum ijodiy jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan. O’rta asrlarga kelib, ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o’tkazila boshlagan. Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida chex pedagogi Ya.A.Komenskiy sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi. Hozirgi paytda maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari tahsil oluvchilarning soni, o’qitish joyi va o’quv vaqtining davomiyligiga ko’ra quyidagicha guruhlanadi (4.1-rasm): Guruhiy Ommaviy Individual (yakka tartibda) Jamoaviy t 1 j 1 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling