Darslik Mutaxassisliklar
Muammoli vaziyatlar yaratish qoidalari
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
Muammoli vaziyatlar yaratish qoidalari
Vazifani bajarishda ta’lim oluvchi o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan yangi Muammoli vazifa o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialidan oldin berilishi Masalani savol yoki topshiriq shaklida taklif etish Masala ta’lim oluvchining bilim va ko’nikmalariga asoslanishi Ta’lim oluvchilarning muammoli masalalar echish yo‘li bilan yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga o‘qituvchi doimo bevosita rahbarlik qilishi rasm. Muammoli vaziyatlarni yaratishda amal qilinadigan qoidalar. Bilim va harakatlarning ma’lum darajada murakkab tizimini muammoli o‘zlashtirishni ta’minlash uchun muammoli vaziyatlar yaratishda muayyan muammoga rioya qilish kerak: S murakkab topshiriqni ancha mayda, xususiy topshiriqlarga bo‘lish zarur; ba’zi hollarda asosiy masala bir necha dars yoki, hatto, butun boshli mavzu doirasida yagona bo‘ladi va xususiy vazifalar sifatida echiladi; S har bir muammoli vaziyatda bitta noma’lum elementni (xossa, nisbat, harakat qonuniyati yoki uni bajarish shartini va shu kabilarni) izlanuvchi element sifatida belgilab olish lozim; S har xil muammoli vaziyatlar uchun xos bo‘lgan didaktik funksiyalarni farq qilish kerak: mavzuni o‘rganish boshida hosil qilinadigan birinchi muammoli vaziyat ta’lim oluvchilarda o‘rganilayotgan umumiy qonuniyatni o‘zlashtirish uchun ehtiyoj uyg‘otishi darkor; shundan keyingi aniq muammoli vaziyatlar tizimining hammasi shu asosiy masalani ochishga xizmat qiladi; S muammoli vaziyatlar sharoitida o‘qituvchi bayon etadigan o‘quv materialini va ta’lim oluvchilar mustaqil o‘zlashtiradigan materialni aniqlashga differensiallangan tarzda yondoshish kerak; bir darsning o‘zida, odatda, ikkala tipdagi materialdan foydalaniladi. Muammoli vaziyat yaratish usullari: o‘qituvchi ta’lim oluvchilarda dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo‘lini topishni taklif qiladi; bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi; Muammoli vaziyatlarni hal etish darajalari: o‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi yechadi; o‘qituvchi muammoni qo‘yadi va uning yechimini ta’lim oluvchilar bilan birgalikda topadi; ta’lim oluvchilarning o‘zlari muammoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar. Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar: muammoni turli nuqtai-nazardan o‘rganish, tahlil qilish; solishtirish, umumlashtirish; faktlarni aniqlash va qiyoslash; vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish; ta’lim oluvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar. Muammolar nazariy yoki amaliy yo‘nalishda bo‘ladi. Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda ta’lim oluvchilarga hal etish taklif etiladigan muammoga qo‘yiladigan eng asosiy talab - ta’lim oluvchilarning qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa ta’lim oluvchilarda qiziqish hosil qiladigan bo‘lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko‘zda tutilgan natijaga erishish imkoni bo‘lmaydi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling