Darslik Mutaxassisliklar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
O ‘quv rejasi bo‘yicha:
Barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi - majburiy va talaba tanlovi asosidagi fanlar. Bu nisbatan taxminan 1:2 teng qabul qilinadi; Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘ladi; Asosiy hujjat transkript (transcript of records) ECTSning unifikatsiyalashgan hujjati bo‘lib, yagona shaklda tuziladi, o‘qitish natijalarini tan olish uchun majburiy hujjat hisoblanadi. Transkriptda, talabaning mazkur davlatda qabul qilingan baholash tizimida ham, ECTS tizimi bo‘yicha ham olgan baho-ballari, olingan ECTS kreditlari bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi. Har bir semestrda o‘rganiladigan fanlarning soni 3 - 5 ta bo‘lishi; Mustaqil ishga ajratilgan soatlar, auditoriya soatlaridan ko‘p bo‘lishi; Kredit o‘zida talabaning o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat sarflarini mujassamlashtirdi. O‘quv fani uchun ajratilgan kreditlar soni, aksariyat hollarda 3 ga teng bo‘ladi. O‘qituvchining o‘quvyuklamasini hisoblashda: Umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya sotlari va mustaqil ish) bir o‘quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi - e’tiborga olinadi. ECTS - oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishning eng demokratik tizimi hisoblanadi. Kreditlarni taqsimlash va ECTS o‘quv rejalariga o‘tish metodikasi. Davlat ta’lim standartlariga tayanib tuzilgan o‘quv rejasi, o‘quv jarayonini tashkil etishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv faoliyati turlari bo‘yicha mehnat sarflari aniqlanadi. Kreditlarni hisoblash va ularni o‘quv faoliyatlari turlari, bloklar va alohida fanlar bo‘yicha taqsimlashda, o‘tish koeffitsiyentini aniqlash zarur (Ko‘t). Ko‘t = 240:8262-0,029 Bu yerda: 240 - bakalavriatning ECTS bo‘yicha kreditlari yig‘indisi, kredit 8262 - an’anaviy tizimda o‘quv reja bo‘yicha umumiy mehnat sarflari yig‘indisi, soat. Kreditlar soni, mehnat sarfini o‘tish koeffitsiyentiga (0,029) ko‘paytirib topiladi. Jadvaldagi ma’lumotlarni hisoblashda haftalik auditoriya o‘quv yuklamasi - 36 soat, talabalarning me’yoriy haftalik mehnat sarfi - 54 soat qabul qilingan. Zamonaviy o‘quv rejasi bo‘yicha, ECTS bir kreditining taxminiy qiymati talabaning 34,4 soat mehnat sarfiga tengdir. Ta’lim jarayoni kredit texnologiyasi asosida tashkil etilganida, aksariyat hollarda 4 balli baholar shkalasini qo‘llab, 100 foiz baholash tizimi ishlatiladi. Masalan: A-4 b; V-3,5 b; S-3 b; D-2,5 b; Ye-2 b, FY-1,5 b, F-1 b. 100 foiz baholash tizimi quyidagicha taqqoslanishi mumkin: mashg‘ulotlarga qatnashishi - 5%, joriy testlash - 30%, odatda 3 marta 10% dan; mustaqil ishlarni bajarish -15%, o‘rtacha 3 marta 5% dan; laboratoriya ishlarini bajarish - 10%, kurs loyihasi (ishi)ni bajarish 10%; yakuniy imtihon - 30%. Quyidagi 8.1-jadvalda keltirilgan baholash mezonlaridan kredit texnologiyasi bo‘yicha baholash tizimi qoTlanilganida foydalanish mumkin. 8.1-jadval Kredit texnologiyasida baholash mezoni
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling