Darslik Mutaxassisliklar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- TT=Ptex. + TV
- TT = Ptex. + TV + dasturiy ta’lim (DT)
- TT = Ptex + TV + DT
60-yillarning o‘rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda “Pedagogik texnologiya” (Educational Technology), 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim” (Technology and programmed Learning). Yaponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya” (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xudi shu nomli jurnal Italiyada ham chiqarila boshlandi. Pedagogik texnologiya muammosining o‘ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya jurnali” (Journal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham pedagogik texnologiya muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda maxsus “Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya”si (Association for Educational Communications and Technology) faoliyat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ortiq filiallari ishlab turibdi. Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan to‘rtta ilmiy jamiyat shug‘ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadigan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar” (Educational Technology Research) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o‘z o‘rnini topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of Technology Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o‘rnatish ishlari bilan mahur. 60-yillar o‘rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari bilan shug‘ullanuvchi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug‘ullana boshladi. AQShda 1971 yil - “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSh Assotsiatsiyasi” tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo‘ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSh da 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Yeducational Technology), 1971 yilda esa - “Audiovizual o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash, 1964 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya va o‘qitishni dasturlashtirish” (Yeducational Technology progratted teaming) jurnali, 1971 yilda - “Pedagogik texnologiya” jurnali nashr etila boshlandi. Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug‘ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etiladi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo‘yicha xalqaro aloqalar o‘rnatish bilan ham shug‘ullanadi. Italiyada - 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriyada - 1973 yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. Didaktikaning bu yo‘nalishiga e’tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda o‘tkazilgan qator xalqaro konferensiyalar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o‘tkazilib kelinadi va anjuman materiallari “Pedagogik texnologiya jihatlari” (Aspects of Educational Tec-hnology) nomida nashr qilinadi. Yuqoridagi ma’lumotlarni keltirishni g‘arb davlatlari misolida yana ham davom ettirish mumkin. Ko‘rsatib o‘tilganlarning o‘ziyoq pedagogik texnologiya pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yo‘nalish sifatida shakllanganligini ta’kidlab turibdi. Taxlillarning ko‘rsatishicha, bu davrda pedagogik texnologiya ikki yo‘nalishda muhokama qilinadi va rivojlantiriladi: birinchisi - o‘quv jarayoniga texnik vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa (shu jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi - o‘qitish texnologiyasi masalalarini, ya’ni o‘quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta’lim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bo‘lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi. Takrorlanadigan tuzilmani pedagogikada yaratish qiyin. Bunga o‘quv (ta’lim-tarbiyaviy) vazifalarning xilma-xilligi, ta’lim mazmunining bo‘laklari va o‘quv materiali turlarining har xilligi, ularni bilish faoliyati uslubining bir xilda namoyen bo‘lmasligi va ko‘plab boshqa omillar to‘sqinlik qiladi. Shunday bo‘lsada, AQShda taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerroll, J.Blok, L.Anderson va boshqalar harakati bilan rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydigan, takrorlanadigan pedagogik tuzilmani o‘z ichiga olgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgandi. 70-80- yillarda AQShda yuzaga kelgan pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaldi, YuNYeSKO kabi nufuzli tashkilot ham qiziqa boshladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ta’lim samaradorligini oshirishga texnologik yondashuv o‘ttiz yillar muqaddam AQShda paydo bo‘lgan. Pedagogik texnologiya (bu iborani birlamchi tushunishda) bixeviorizm g‘oyalariga asoslanadi. Bu yo‘nalishning psixologiyadagi eng muhim qoidasi organizmni qo‘zg‘atgich (stimulyatsiya) bilan uni bu qo‘zg‘atgichga javobi o‘rtasidagi aloqa bir ma’noligining so‘zsiz tan olinishidir. Bu ta’lim jarayonini tajriba-sinov tarzida o‘rganishga ham, bu jarayonni boshqarishga ham bir xilda dahldordir. Biz organizmda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar (shu jumladan, psixik jarayonlar to‘g‘risida ham) to‘g‘risida tashqi kuzatiladigan harakatlarni tahlil qilmay turib hech narsa bila olmasligimiz, shubhasiz, dalil ekanligidan kelib chiqsak, bixevioristlar kuzgatgich bilan javob ta’sir o‘rtasidagi aloqani o‘rganish bilan cheklanadi. Bu cheklanish bixeviorizm ahamiyatini kamaytiradi, chunki har qanday nazariya bevosita kuzatishdan yashiringan u yoki bu qonuniyatlarni bilishni nazarda tutadi. Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jarayon haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo‘lishi bilan birga, quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan tamoyillarga ham ega (9.2-rasm): Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling