Darslik Mutaxassisliklar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojintiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlatiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi. O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (yoki ta’lim oluvchi)dan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlatini talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talabani kim o’qitayotganligi va o’kituvchi kimni o’kitayotganiga bog’liq. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar ta’lim oluvchilarning muhim xayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnik” qilishga undagan, ya’ni hamma narsa, nimaga o‘qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo‘lsin deb tushuntirgan. Natijaga olib keluvchi, o‘quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun: aniq qo‘yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan. Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 1950-yillarda birinchi urinishlar qilib ko‘rilgan. Ular o‘z ifodasini an’anaviy o‘qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan. Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya “o‘qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash yo‘li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir” . Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‘liga o‘tkazish, oliy ta’lim amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilar: uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim jarayonini tartiblashtirish — batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum tartibidan tashkil topgan qismlar — muloqot, axborot va boshqaruvning yo‘l va vositalarini bo‘lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan); yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo‘naltirilganligini; ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo‘yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish-texnologik jarayonining mukammal, aniq yo‘lga qo‘yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish; uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch-quvvati, vaqti)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta’lim jarayonini boshqaruvchanligini anglatadi. Ta’lim jarayonida uslubiyotchidan farqli ravishda o‘qituvchi-texnolog: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling